Özbekistonda 2024–2026-yillarda ötkazilgan kasbiy sertifikatlaş sinovlarida qatnaşgan pedagoglarning 62,3 foizi yetarli natija körsata olmagan. Sinovdan muvaffaqiyatli ötganlar orasida yuqori ball töplaganlar uluşi esa atigi 3,4 foizni taşkil etgan.
Taʼlim sifatini taʼminlaş milliy agentligi maʼlumotiga köra, 2024–2026-yillarda ötkazilgan oltita kasbiy sertifikatlaş sinovida jami 47 936 nafar pedagog iştirok etgan. Ularning 62,3 foizi sinovdan öta olmagan.
Agentlik natijalarni mamlakatning 14 ta hududi hamda 46 ta fan va mutaxassislik kesimida tahlil qilgan.
Maʼlum qilinişiça, sertifikatlaş sinovlarida Özbekistondagi jami pedagoglarning 6,9 foizi qatnaşgan.
Sertifikat olganlarning asosiy qismi — 12 693 nafar pedagog 56–70 ball töplagan. Yana 4 778 nafari 72–85 ball, 608 nafari esa 86 va undan yuqori ball olgan.
Yuqori natija körsatganlar sertifikat olgan pedagoglarning bor-yöği 3,4 foizini taşkil etgan.
Tahlil davomida pedagog kadrlar tayyorlaydigan taʼlim muassasalari bitiruvçilarining natijalari ham taqqoslangan.
Xususan, kasbiy sertifikat olganlar uluşi:
anʼanaviy davlat universitetlari bitiruvçilari orasida — 39,9 foiz;
ixtisoslaştirilgan va boşqa oliy taʼlim taşkilotlari bitiruvçilari orasida — 37,6 foiz;
pedagogika oliygohlari bitiruvçilari orasida — 37,2 foiz;
örta maxsus taʼlim muassasalari bitiruvçilari orasida — 24,7 foiz;
xorijiy taʼlim taşkilotlari bitiruvçilari orasida — 23,3 foiz bölgan.
Şu tariqa, tahlil qilingan taʼlim muassasalari toifalari orasida eng yuqori natija anʼanaviy davlat universitetlari bitiruvçilarida, eng past natija esa xorijiy taʼlim taşkilotlari bitiruvçilarida qayd etilgan.




