16-noyabr kuni Iordaniya Hoşimiylar Qirolligi ta’lim va inson resurslarini rivojlantiriş vaziri, professor Azmi Mahfaza boşçiligidagi delegasiya Özbekistondagi Islom sivilizasiyasi markaziga taşrif buyurdi. Mehmonlarni Markaz direktori Firdavs Abduxoliqov kutib oldi.
Taşrif davomida delegasiya a’zolari Markaz muzey ekspozisiyalari bilan tanişdi. Ularga islom sivilizasiyasining köp asrlik tarixi, Movarounnahr zaminidan yetişib çiqqan buyuk allomalarning jahon ilm-fani va tamadduni rivojiga qöşgan hissasi, noyob qölyozmalar va tarixiy artefaktlar haqida ma’lumot berildi. Mehmonlar muqaddas Ka’ba kisvasi eksponatini ham tomoşa qildi.
Şundan söng Markazning Anjumanlar zalida rasmiy uçraşuv bölib ötdi. Unda Özbekiston va Iordaniya örtasidagi döstona munosabatlarni mustahkamlaş, ta’lim, ilm-fan, madaniyat va umumiy tarixiy-ma’naviy merosni örganiş borasidagi hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi.
Markaz direktori Firdavs Abduxoliqov ikki mamlakat munosabatlari sönggi yillarda yangi bosqiçga kötarilganini ta’kidladi. Xususan, 2025-yil avgust oyida Iordaniya Qiroli Abdulla II ibn al-Husaynning Özbekistonga taşrifi, Samarqandda Prezident Şavkat Mirziyoyev bilan ötkazilgan muzokaralar va ular yakunida imzolangan ikki tomonlama hujjatlar hamkorlikning yangi yönalişlarini belgilab bergani qayd etildi.
Şuningdek, Markazning xalqaro miqyosdagi ilmiy-ma’rifiy ahamiyati, turli mamlakatlar örtasida ma’rifiy muloqotni rivojlantirişdagi örniga e’tibor qaratildi. Firdavs Abduxoliqov Özbekiston va Iordaniya xalqlarini muştarak diniy qadriyatlar, boy tarixiy meros va islom sivilizasiyasi rivojiga qöşilgan umumiy hissa boğlab turişini ta’kidladi.
Uning aytişiça, ikki mamlakatning ilmiy-tadqiqot muassasalari, universitetlari, kutubxonalari va muzeylari örtasidagi aloqalarni rivojlantiriş uçun keng imkoniyatlar mavjud. Xususan, qöşma ilmiy tadqiqotlar ötkaziş, qölyozma manbalarni örganiş va raqamlaştiriş, körgazmalar almaşinuvi, ilmiy naşrlar tayyorlaş hamda mutaxassislar tajriba almaşinuvini yölga qöyiş masalalari hamkorlikning ustuvor yönalişlari sifatida qayd etildi.
Uçraşuvda Markaz jamoasi tomonidan 19–20-noyabr kunlari Iordaniya poytaxti Ammon şahrida ötkazilişi rejalaştirilgan taqdimotlarga tayyorgarlik körilayotgani ham ma’lum qilindi. Uşbu tadbirlar ikki mamlakat örtasidagi ilmiy va madaniy aloqalarni rivojlantiriş, yangi hamkorlik taşabbuslarini ilgari surişga xizmat qilişi ta’kidlandi.
Öz navbatida, Iordaniya ta’lim va inson resurslarini rivojlantiriş vaziri Azmi Mahfaza Markaz faoliyati va muzey ekspozisiyalaridan olgan taassurotlari bilan örtoqlaşdi. U majmuaning me’moriy yeçimi, mazmun-mohiyati va tarixiy merosni namoyon etiş imkoniyatlarini yuqori baholadi.
Vazirning ta’kidlaşiça, ekspozisiyalar Özbekiston, Iordaniya va boşqa mintaqa mamlakatlarini boğlab turgan tarixiy aloqalarning çuqurligini anglaş imkonini beradi. Şuningdek, u ikki xalq muştarak tarix va buyuk olimlar merosiga ega ekanini qayd etib, bu kabi maskanlarning milliy tarix, diniy va ma’naviy qadriyatlarni asrab-avaylaş hamda kelajak avlodga yetkazişdagi ahamiyatiga töxtaldi.
Azmi Mahfaza Özbekiston Prezidenti Şavkat Mirziyoyev va Iordaniya Qiroli Abdulla II rahbarligida ikki mamlakat örtasidagi hamkorlik izçil rivojlanayotganini ham ta’kidladi. Oliy darajadagi taşriflar va erişilgan kelişuvlar ta’lim hamda madaniy aloqalarni yanada kengaytiriş uçun yangi imkoniyatlar yaratayotgani qayd etildi.
Uçraşuv yakunida Iordaniya delegasiyasi rahbari Azmi Mahfazaga Markaz nomidan esdalik sovğalari topşirildi. Şuningdek, vazir Markazning Faxriy mehmonlar kitobiga öz qaydini yozib qoldirdi.
Mazkur taşrif ikki mamlakat örtasidagi ilmiy-ma’rifiy va madaniy aloqalarni kengaytiriş, muştarak tarixiy merosni örganiş hamda qöşma taşabbuslarni amalga oşiriş masalalari böyiça muloqot maydoni böldi.












