Jahon banki Samarqand viloyatida birlamçi tibbiy yordam tizimini takomillaştiriş uçun 100 mln dollarlik imtiyozli kredit ajratişni maʼqulladi. Qolgan 425 mln dollar Özbekiston hukumati tomonidan yönaltiriladi. Bu haqda UzDaily.uz xabar berdi.
2028-yil dekabriga qadar amalga oşirilişi rejalaştirilgan ŞIFO-1 dasturi viloyatning qariyb 4,3 mln nafar aholisini qamrab olişi kutilmoqda.
Loyiha doirasida 400 dan ortiq oilaviy poliklinika modernizatsiya qilinadi. Şuningdek, 1 250 nafar umumiy amaliyot şifokori va 5 ming nafar hamşirani öz içiga olgan jami 6 400 dan ortiq tibbiyot xodimi öqitilib, sertifikatlanadi.
Bundan taşqari, 330 ming nafar katta yoşli aholi yurak-qon tomir kasalliklari xavfini aniqlaş uçun tekşiruvdan ötkaziladi. Yana 250 ming nafar bemorning davolaniş jarayoni elektron tizim orqali kuzatib boriladi. Buning uçun D-MED platformasi imkoniyatlari kengaytiriladi.
Jahon banki prognozlariga köra, dastur natijasida aholi salomatligi va mehnat unumdorligining yaxşilanişi hisobiga 28 800 ta qöşimça, yuqoriroq haq tölanadigan iş örni yaratilişi mumkin. Bu iş örinlarining barçasi bevosita tibbiyot muassasalarida taşkil etiladi, degani emas.




