Qorong‘i rejim
Özbekiston

«Özbekneftgaz»ning kredit reytingi «BB» darajasida tasdiqlandi, prognoz «Ijobiy»ga özgartirildi

Akmal Eshonxonov10 ko'rishlar
«Özbekneftgaz»ning kredit reytingi «BB» darajasida tasdiqlandi, prognoz «Ijobiy»ga özgartirildi

«Fitç Ratings» xalqaro reyting agentligi 16-noyabr kuni «Özbekneftgaz» AJning uzoq muddatli kredit reytingini «BB» darajasida tasdiqladi. Biroq kompaniya böyiça prognoz «Barqaror»dan «Ijobiy»ga özgartirildi.

«Özbekneftgaz»ning reytingi Özbekiston Respublikasining suveren reytingi — «BB», prognoz «Ijobiy» — bilan bir xil darajada belgilangan.

Fitç şuningdek, kompaniyaning davlat kömagi hisobga olinmagan holdagi mustaqil kredit profilini (SCP) «b»dan «b+» darajasiga oşirdi. Agentlik metodologiyasiga köra, bu mamlakat reytingi oşirilgan taqdirda, «Özbekneftgaz»ning kredit reytingi ham yuqorilaşi mumkinligini anglatadi.

Fitç bahoning yaxşilanişini bir qator omillar bilan izohlagan. Jumladan, kompaniyaning sof qarzining EBITDAga nisbati sezilarli darajada yaxşilangani, 2026-yilda daromad bazasi mustahkamlangani hamda gaz bozorida bosqiçma-bosqiç bozor narxlariga ötiş jarayoni davom etayotgani qayd etilgan.

Agentlik 2028-yilga qadar gazning liberallaşgan ulgurji bozori şakllanişini kutmoqda. Şu bilan birga, Fitç davlat tomonidan «Özbekneftgaz»ga kömak körsatilişi ehtimolini «öta yuqori» deb baholagan. Bunda davlat kafolatlari, soliq imtiyozlari hamda 2025–2026-yillarda dividend tölaşdan ozod etiş kabi omillar inobatga olingan.

Kompaniyaning mamlakat içki iqtisodiyotini energiya resurslari bilan taʼminlaşdagi roli va yirik iş beruvçilardan biri ekani ham reyting bahosida hisobga olingan.

«Özbekneftgaz» AJ maʼlum qilişiça, prognozning «Ijobiy»ga özgartirilişi va mustaqil kredit profilining oşirilişi kompaniyaning moliyaviy körsatkiçlarini yaxşilaş borasidagi natijalarini aks ettiradi. Bu, öz navbatida, xalqaro moliya bozorlaridan resurs jalb qiliş imkoniyatlarini kengaytirişi mumkin.

Ulashish:

O'xshash yangiliklar

«Özbekneftgaz»ning kredit reytingi «BB» darajasida tasdiqlandi, prognoz «Ijobiy»ga özgartirildi | Effect.uz