Namangan viloyatining Uyçi tumanida telefon ustaxonasiga qulfni buzib kirib, 14 ta telefonni öğirlaşga uringan 18 yoşli yigit qölga olindi. Bu haqda Içki işlar vazirligi xabar berdi.
Maʼlum qilinişiça, voqea 10-noyabr kuni soat 02:30 larda tuman markazidagi telefon ustaxonalaridan birida sodir bölgan. Nomaʼlum şaxs ustaxona eşigining qulfini buzib, içkariga kirgan.
Biroq tungi xizmatda bölgan Qöriqlaş xizmati tezkor harakatlanuvçi guruhi voqea joyiga yetib borib, ustaxona içida yaşiringan şaxsni qölga olgan.
Tekşiruvda gumonlanuvçi 2008-yilda tuğilgan, Uyçi tumanida yaşovçi fuqaro ekani aniqlangan. Uning yonidan 14 ta telefon aşyoviy dalil sifatida olib qöyilgan.
Holat yuzasidan tuman IIB tergov bölinmasi tomonidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi 3-qismi bilan jinoyat işi qözğatilgan.




