⚠️ DIQQAT: Sayt test rejimida ishlamoqda!⚠️ DIQQAT: Sayt test rejimida ishlamoqda!
Jamiyat

Namanganda 200 ga yaqin fermerga qarshilik koʻrsatgan soliq xodimi jazolandi

Administrator2 soat oldin29 ko'rishlar
Namanganda 200 ga yaqin fermerga qarshilik koʻrsatgan soliq xodimi jazolandi

Mingbuloqda yuzlab fermerlarning hisoblari asossiz bloklandi. Tekshiruvdan soʻng masʼul xodimga jarima qoʻllandi.

Biznes-ombudsman devoni tomonidan fermer xoʻjaliklari faoliyatidagi muammolar oʻrganildi. Aniqlanishicha, Namangan viloyati Mingbuloq tumanida faoliyat yurituvchi qariyb 200 ga yaqin fermer xoʻjaliklarining bank hisobvaraqlari tuman soliq inspeksiyasi xodimi tomonidan asossiz ravishda toʻxtatib qoʻyilgan.

Maʼlum qilinishicha, qonunchilikka koʻra, bank operatsiyalarini toʻxtatish faqat soliq organi rahbari tomonidan va 10 kundan oshmagan muddatga amalga oshirilishi mumkin. Ushbu muddatdan ortiq cheklov esa faqat sud qarori bilan qoʻllaniladi.

Biroq tekshiruv davomida masʼul xodim tomonidan 197 ta holatda xoʻjalik subyektlari hisoblari asossiz bloklangani aniqlangan. Holat yuzasidan soliq xodimiga nisbatan Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksning tegishli moddasi asosida BHMning 40 baravari miqdorida jarima qoʻllanildi. Qayd etilishicha, fermer xoʻjaliklari manfaatlarini himoya qilish Biznes-ombudsman tomonidan doimiy nazoratga olingan.

Ulashish:

O'xshash yangiliklar

Namanganda 200 ga yaqin fermerga qarshilik koʻrsatgan soliq xodimi jazolandi | Effect.uz