Qorong‘i rejim
Özbekiston

Namanganda 12 nafar bolaga noqonuniy diniy taʼlim bergan şaxs aniqlandi

Akmal Eshonxonov9 ko'rishlar
Namanganda 12 nafar bolaga noqonuniy diniy taʼlim bergan şaxs aniqlandi

Namangan viloyatining Yangi Namangan tumanida öz xonadonida 12 nafar voyaga yetmagan bolaga noqonuniy diniy taʼlim berib kelgan şaxs aniqlandi. U har bir bola uçun oyiga 100 dollardan pul olgan. Bu haqda Içki işlar vazirligi xabar berdi.

Maʼlum qilinişiça, 1988-yilda tuğilgan fuqaro öz uyida noqonuniy hujra taşkil etib, bolalarga diniy saboq berib kelgan. Tekşiruv davomida hujrada sanitariya-gigiyena talablariga rioya qilinmagani ham aniqlangan.

Bolalarning bir nafari Samarqand, uç nafari Namangan viloyatidan, sakkiz nafari esa Tojikistondan bölgan.

Mazkur holat yuzasidan Yangi Namangan tumani IIB huzuridagi tergov bölinmasi tomonidan Jinoyat kodeksining 229²-moddasi 2-qismi (diniy taʼlimotdan saboq beriş tartibini buziş) bilan jinoyat işi qözğatilgan.

Hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Ulashish:

O'xshash yangiliklar

Namanganda 12 nafar bolaga noqonuniy diniy taʼlim bergan şaxs aniqlandi | Effect.uz