Şaxsni haqorat qiliş holati uçun maʼmuriy va jinoiy javobgarlik mavjud. Jazo haqoratning şakli, takroriyligi va sodir etilgan holatlarga qarab belgilanadi.
Maʼmuriy javobgarlik töğrisidagi kodeksning 41-moddasiga köra, şaxsning şaʼni va qadr-qimmatini qasddan kamsitiş yoki uni beodoblik bilan qasddan tahqirlaş uçun 8 million 800 ming sömdan 17 million 600 ming sömgaça jarima belgilangan. Bu BHMning 20–40 baravariga teng.
Agar şaxs maʼmuriy jazo qöllanilganidan keyin bir yil içida yana haqorat qilsa, jinoiy javobgarlikka tortilişi mumkin.
Jinoyat kodeksining 140-moddasiga muvofiq, bunday holatda:
88 million sömgaça jarima;
240 soatgaça majburiy jamoat işlari;
1 yilgaça axloq tuzatiş işlari jazosi tayinlanişi mumkin.
Haqorat naşr qiliş yoki boşqaça usulda köpaytirilgan tarzda, jumladan, ommaviy axborot vositalari, telekommunikatsiya tarmoqlari yoki internet orqali sodir etilsa, maʼmuriy jazo qöllanilişini kutiş talab etilmaydi. Bunday harakat uçun töğridan-töğri jinoiy javobgarlik belgilangan.
Uşbu holatda aybdorga:
88 million sömdan 176 million sömgaça jarima;
240 soatdan 300 soatgaça majburiy jamoat işlari;
1 yildan 2 yilgaça axloq tuzatiş işlari jazosi tayinlanişi mumkin.
Agar haqorat jabrlanuvçining xizmat yoki fuqarolik burçini bajarişi bilan boğliq holda sodir etilsa yoki uni xavfli retsidivist, şuningdek, tuhmat qilganligi uçun ilgari sudlangan şaxs sodir etsa, jazo yanada oğirlaşadi.
Bunday holatlar uçun:
176 million sömdan 264 million sömgaça jarima;
2 yildan 3 yilgaça axloq tuzatiş işlari;
1 yilgaça ozodlikni çeklaş jazosi nazarda tutilgan.




