Joriy yilning yanvar–avgust oylarida O‘zbekistonda metallurgiya sanoati hajmi qariyb 243,6 trln so‘mni tashkil etdi. Bu haqda Milliy statistika qo‘mitasi ma’lum qildi.
Mazkur ko‘rsatkich 2025-yilning mos davriga nisbatan 7,8 foizga oshgan.
Hududlar kesimida eng katta hajm Navoiy viloyatida qayd etilgan — 157,6 trln so‘m. Toshkent viloyatida metallurgiya sanoati hajmi 62 trln so‘m, Toshkent shahrida esa 14,5 trln so‘mni tashkil etgan.
Samarqand viloyatida 6,2 trln so‘mlik, Namanganda 898,3 mlrd so‘mlik, Sirdaryoda 875,9 mlrd so‘mlik metallurgiya mahsulotlari ishlab chiqarilgan. Jizzax viloyatida ko‘rsatkich 403,8 mlrd so‘m, Farg‘onada 347,3 mlrd so‘m, Buxoroda 258,8 mlrd so‘m va Surxondaryoda 145,8 mlrd so‘mni tashkil etgan.
Qoraqalpog‘iston Respublikasida metallurgiya sanoati hajmi 114,5 mlrd so‘m, Andijonda 50 mlrd so‘m, Xorazmda 36,2 mlrd so‘m va Qashqadaryoda 23,8 mlrd so‘m bo‘lgan.
Metallurgiya sanoati hajmi 243,6 trln so‘mga yetdi
Administrator1 soat oldin5 ko'rishlar

Ulashish:
O'xshash yangiliklar

O'zbekiston
Xalqaro kuryerlik jo‘natmalari uchun bojxona yig‘imi 20 foizga kamaytiriladi
3 soat oldin11

O'zbekiston
Shavkat Mirziyoyev issiqxonalar faoliyatiga «yashil» texnologiyalarni joriy qilish yuzasidan taqdimot bilan tanishdi
3 soat oldin37

O'zbekiston
Energiya islohotlari davrida ehtiyojmand aholiga 1,7 trln so'm yordam qilinadi
4 soat oldin16

O'zbekiston
Қашқадарёда сел туфайли бир киши ҳалок бўлди
4 soat oldin25