Özbekistonda korrupsiyaga oid jinoyatlarni sodir etganlikda aybdor deb topilgan şaxslarning elektron reyestrini yuritiş tartibi belgilanmoqda. Bu haqdagi Hukumat qarori loyihasi jamoatçilik muhokamasiga qöyildi.
Loyihaga köra, şaxsni reyestrga kiritiş uçun uni korrupsiyaga oid jinoyat sodir etganlikda aybdor deb topiş töğrisidagi sudning qonuniy kuçga kirgan ayblov hukmi asos böladi. Sud qarori kuçga kirganidan keyin uç iş kuni içida Içki işlar vazirligi tomonidan şaxs haqidagi maʼlumotlar elektron reyestrga kiritiladi.
Reyestr Korrupsiyaga qarşi kuraşiş agentligi tomonidan IIV bilan hamkorlikda yuritiladi. Undagi maʼlumotlar şaxsning Jinoyat kodeksida belgilangan sudlanganlik muddati davomida saqlanadi.
Reyestrga kiritilgan şaxslarga quyidagi çeklovlar qöllanişi mumkin:
davlat xizmatiga kiriş va davlat mukofotlari bilan taqdirlaniş;
saylanadigan va alohida tartibda tayinlanadigan lavozimlarga nomzodini körsatiş;
davlat organlari huzuridagi jamoatçilik kengaşlari hamda idoralararo kollegial organlar aʼzosi böliş;
özi taʼsis etgan va ustav fondidagi uluşining 50 foizidan köproğiga egalik qiladigan tadbirkorlik subyektlari orqali davlat xaridlari va davlat-xususiy şeriklik bitimlarida iştirok etiş;
davlat uluşi 50 foizdan yuqori bölgan taşkilotlar va davlat taʼlim muassasalarida rahbarlik lavozimlarida işlaş.
Çeklovlarning qöllanişi, sababi va huquqiy asosi sohaga oid axborot tizimida avtomatik qayd etiladi. Agar şaxs belgilangan çeklovlarga rioya qilmayotgani aniqlansa, masʼul xodim bu haqda tasdiqlovçi maʼlumotlar bilan vakolatli subyektga xabar beradi. Vakolatli subyekt esa qoidabuzarlik tasdiqlangan taqdirda, şaxsning çeklovlarga zid faoliyatini bartaraf etiş çoralarini köradi.
Reyestrda şaxs bor-yöqligi haqidagi maʼlumotlar davlat organlari örtasidagi elektron axborot almaşinuvi, şuningdek, masʼul xodimlarning dasturiy kompleksga kirişi orqali olinişi mumkin.
Jismoniy şaxslar esa özlariga tegişli maʼlumotlar böyiça maʼlumotnoma yoki köçirmani Davlat xizmatlari markazlari va Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali olişlari mumkin.
Qaror loyihasi muhokamasi 8-dekabrga qadar davom etadi. Hujjat hozirça loyiha maqomida.




