Qorong‘i rejim
Madaniyat

Izzat Şukurov, Rayhon Ğaniyeva, Ğaybulla Tursunov va bir qator sanʼatkorlar qonun buzgani aniqlandi

Akmal Eshonxonov25 ko'rishlar
Izzat Şukurov, Rayhon Ğaniyeva, Ğaybulla Tursunov va bir qator sanʼatkorlar qonun buzgani aniqlandi

Raqobat qömitasi ijtimoiy tarmoqlar va taşqi reklama obyektlarida joylaştirilgan 27 ta konsert reklamasida fonogramma yoki jonli ijro haqida maʼlumot berilmaganini aniqladi. Holat yuzasidan reklama beruvçilarga ogohlantiriş yuborildi.

Qömita maʼlumotiga köra, örganiş davomida Lolita, Ani Lorak, Mayot, Nikolay Fomenko, Izzat Şukurov, «Ummon» guruhi, Rayhon Ğaniyeva va Ğaybulla Tursunov konsertlarining Instagram sahifalaridagi reklamalarida ijro şakli körsatilmagan.

Şuningdek, Toxi$, «Maşina vremeni» va Otar Kuşanaşvili iştirokidagi dasturlarning taşqi reklamalarida ham bu haqda maʼlumot berilmagani qayd etilgan.

Qömita tegişli reklama beruvçilarga reklamalarni qonunçilik talablariga muvofiqlaştiriş böyiça ogohlantirişlar yuborgan.

Amaldagi talablarga köra, konsert reklamasida ijro şakli «Jonli ijro», «Fonogrammadan foydalangan holda jonli ovoz» yoki «Fonogrammali konsert dasturi» deb aniq körsatilişi lozim.

Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 8-apreldagi 207-son qarori hamda «Reklama töğrisida»gi Qonunning 44-moddasiga muvofiq, fonogrammadan foydalanilganda, reklamada uning qay darajada qöllanilişi haqida axborot berilişi şart. Taşqi reklamalarda bu maʼlumot reklama maydonining kamida 10 foizini egallaşi kerak.

Bundan taşqari, taşkilotçilar tomoşa boşlanişidan oldin fonogrammadan foydalanilişi haqida audioxabar berişni taʼminlaşi lozim. «Isteʼmolçilarning huquqlarini himoya qiliş töğrisida»gi Qonunning 6-moddasida ham konsert-tomoşa tadbirlarida fonogrammadan foydalaniş haqida axborot körsatilişi belgilangan.

Raqobat qömitasi monitoring davom ettirilişini, talablar buzilgan holatlarda qonunçilikda belgilangan tartibda taʼsir çoralari qöllanilişini maʼlum qildi.

Ulashish:

O'xshash yangiliklar

Izzat Şukurov, Rayhon Ğaniyeva, Ğaybulla Tursunov va bir qator sanʼatkorlar qonun buzgani aniqlandi | Effect.uz