Özbekistonda madaniyat, sanʼat va adabiyot sohasidagi nufuzli xalqaro va respublika tanlovlari ğoliblarini rağbatlantiriş tartibi belgilandi.
Hukumat qaroriga köra, xalqaro tanlovlarda Gran-pri va 1-örin uçun 300 million, 2-örin uçun 200 million, 3-örin uçun 100 million söm mukofot beriladi. Respublika tanlovlarida esa bu miqdorlar tegişli ravişda 100, 50 va 25 million sömni taşkil etadi.
Ğoliblarni tayyorlagan öqituvçi va konsertmeysterlarga ham bir yil davomida oylik ustama tölanadi. Xalqaro tanlovlar uçun ustama lavozim maoşining 70–100 foizi, respublika tanlovlari uçun 40–70 foizi miqdorida belgilangan.
Mukofot oliş uçun tanlov belgilangan mezonlarga mos bölişi, ariza esa tanlov yakunlanganidan keyin 30 kun içida topşirilişi kerak. Ğoliblar va ularning ustozlari tanlovda iştirok etiş xarajatlari qoplanişi ham nazarda tutilgan.
2027-yil 1-yanvardan davlat mablağlari hisobidan ötkaziladigan madaniyat, sanʼat va adabiyot tanlovlari «Milliy tanlovlar platformasi»ga majburiy tartibda kiritiladi.




