Madaniyat

Movarounnahrdan Ömongaça: Madaniy muloqot va islom sivilizasiyasi merosining yangi bosqiçi

Akmal Eshonxonov11 ko'rishlar
Movarounnahrdan Ömongaça: Madaniy muloqot va islom sivilizasiyasi merosining yangi bosqiçi

Anjuman oçilişidan avval faxriy mehmonlar — Ömon Sultonligi Vaqflar va diniy işlar vaziri doktor Muhammad bin Said bin Xalfon Maamariy, Sulton Qobus nomidagi Oliy madaniyat va fan markazi boş kotibi Habib bin Muhammad Riyomiy, Davlat kengaşi a’zosi doktor Muhammad Said Amur Hajriy hamda boşqa ma’rifat va ijod namoyandalari Markaz tomonidan tayyorlangan körgazma bilan tanişdilar. Ekspozitsiyada Özbekistonning boy tarixiy, ilmiy va badiiy merosini aks ettiruvçi 150 dan ortiq kitob naşrlari, miniatyuralar va haykaltaroşlik namunalari namoyiş etildi. Markazning noşirlik loyihalari va Movarounnahr merosini örganiş borasidagi faoliyati iştirokçilarda katta qiziqiş uyğotdi.

Özbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi, Taşqi işlar vazirligi hamda Özbekistonning Ömondagi elçixonasi hamkorligida taşkil etilgan forumda 250 nafarga yaqin iştirokçi — senatorlar, diplomatlar, davlat va madaniyat arboblari hamda yetakçi olimlar qatnaşdi. Anjumanni Markaz direktori Firdavs Abduxoliqov, elçi Abdusalom Xatamov va Habib bin Muhammad Riyomiy qutlov sözlari bilan oçib berdilar, şuningdek, Markazning ilmiy-ma’rifiy loyihalariga bağişlangan videotaqdimot namoyiş etildi.

Ilmiy sessiyada ikki mamlakat olimlari Movarounnahr va Ömonning islom sivilizatsiyasi rivojiga qöşgan hissasini atrofliça muhokama qilişdi. Doktor Saif bin Solim bin Saif Hodiy Ömon jamiyatidagi tinç-totuv hamjihatlik tajribasi haqida söz yuritgan bölsa, ÖzR FA vitse-prezidenti Bahrom Abduhalimov qölyozma merosini saqlaş va raqamlaştiriş istiqbollarini yoritib berdi. Toşkent islom instituti rektori Uyğun Ğafurov Özbekistondagi islom ta’limi tarixi, TDŞU professori Şorustam Şomansurov esa oliy ta’lim sohasidagi ikki tomonlama hamkorlik imkoniyatlariga töxtalib ötdi.

Simpoziumning amaliy natijasi sifatida Özbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi tomonidan Sulton Qobus nomidagi Oliy madaniyat va fan markazi hamda «Bayt az-Zubayr» muzeyi bilan hamkorlik memorandumlari imzolandi. Tadbir doirasida xorijiy şeriklarga Katta Langar Qur’oni faksimile naşri, «Uçinçi Renessans poydevori» kitobi va 120 ta naşr sertifikatlari taqdim etildi. Delegatsiya a’zolari, şuningdek, Ömon Milliy muzeyida bölib, muzeyşunoslik va madaniy merosni asraş sohasida tajriba almaşdilar.

Ulashish:

O'xshash yangiliklar

Movarounnahrdan Ömongaça: Madaniy muloqot va islom sivilizasiyasi merosining yangi bosqiçi | Effect.uz