⚠️ DIQQAT: Sayt test rejimida ishlamoqda!⚠️ DIQQAT: Sayt test rejimida ishlamoqda!
Siyosat

“Hizbulloh” qurolsizlantirilmasa, Livan hududlaridan ayrilishi mumkin — Isroil mudofaa vaziri

Abror Eshonxonov14-mart, 2026, 18:2217 ko'rishlar
“Hizbulloh” qurolsizlantirilmasa, Livan hududlaridan ayrilishi mumkin — Isroil mudofaa vaziri

Isroil mudofaa vaziri Israel Kas Livan hukumati “Hizbulloh” harakatini qurolsizlantirish boʻyicha majburiyatini bajarmasa, mamlakat infratuzilmasiga yetkaziladigan zarar ortishi va hatto ayrim hududlarni yoʻqotish xavfiga duch kelishi mumkinligini bildirdi. Vazirning taʼkidlashicha, Livan hukumati ushbu masaladagi majburiyatni bajarmaguncha bosim kuchayib boradi.

“Hizbulloh”ni qurolsizlantirish boʻyicha oʻz majburiyatini bajarmagan Livan hukumati buning uchun tobora ogʻirroq narx toʻlaydi. Bu infratuzilmaning vayron boʻlishi va hatto hududlarni yoʻqotishgacha olib kelishi mumkin. Bu holat harakatni qurolsizlantirish boʻyicha asosiy majburiyat bajarilmaguncha davom etadi», — dedi Kas.

“Hizbulloh” 2-martga oʻtar kechasi Eronning oliy rahbari Ali Homanaiy oʻldirilganidan soʻng Isroilga qarshi harbiy harakatlarni qayta boshlagan.

Isroil armiyasi maʼlumotiga koʻra, oy boshidan beri harakat tomonidan mamlakat hududiga qariyb mingta raketa, turli snaryadlar va dronlar uchirilgan.

Javob tariqasida Isroil qoʻshinlari Bayrutning janubiy hududlari hamda Livanning janubi va sharqidagi oʻnlab shahar va qishloqlarga kuchli zarbalar bermoqda.

Rasmiy maʼlumotlarga koʻra, bu hujumlar oqibatida 570 kishi halok boʻlgan, 1444 nafar odam jarohat olgan, qariyb 800 ming livanlik oʻz uylarini tark etishga majbur boʻlgan.

Ulashish:

O'xshash yangiliklar

“Hizbulloh” qurolsizlantirilmasa, Livan hududlaridan ayrilishi mumkin — Isroil mudofaa vaziri | Effect.uz