Aholi yuradigan hudud qazilib, piyodalar yölagi abgor holatga kelgan. Endi savol oddiy: bu yer kimga va qanday huquqiy asosda berilgan?
Farğona şahri Mehrbonlik MFY, Qirğili mavzesi, Şifokorlar köçasi, 14-B-uy yonidagi umumiy foydalaniş hududlarida olib borilayotgan qaziş işlari aholi eʼtiroziga sabab bölmoqda.
Murojaatda aytilişiça, qaziş işlari natijasida hududning holati yomonlaşgan, aholining erkin va xavfsiz harakatlanişi, xususan, piyodalar yölagidan foydalanişi qiyinlaşgan.
Biroq masalaning faqat obodonlaştiriş yoki yölak muammosidan iborat emasligiga eʼtibor qaratiş lozim.
Eng asosiy savol — mazkur hududning huquqiy maqomi qanday?
Agar gap umumiy foydalanişdagi davlat yeri haqida ketayotgan bölsa, u qanday huquqiy asosda qazilmoqda? Yerdan foydalaniş huquqi kimga berilgan? Qaziş işlarini amalga oşiriş uçun tegişli ruxsat va hujjatlar mavjudmi?
Şuningdek, kadastr hujjatlarida uşbu hudud qanday maqomda qayd etilgani, şaharsozlik va arxitektura talablari asosida tasdiqlangan loyiha bor-yöqligi ham oçiqlanişi kerak.
Çunki işlar qonuniy asosda amalga oşirilayotgan bölsa ham, aholining xavfsiz harakatlanişi va piyodalar uçun zarur yölak nega taʼminlanmagani alohida savol bölib qolmoqda.
Bu holatga huquqiy baho beriş uçun yerning maqomi, undan foydalaniş huquqi, quriliş yoki qaziş işlariga berilgan ruxsatlar va mavjud loyiha hujjatlari örganilişi zarur.
Şu munosabat bilan prokuratura, kadastr hamda arxitektura va şaharsozlik sohasiga masʼul taşkilotlardan:
— mazkur hududning huquqiy maqomini;
— yerdan foydalaniş huquqi kimga va qaysi asosda berilganini;
— qaziş işlariga ruxsat mavjud yoki mavjud emasligini;
— loyiha va şaharsozlik hujjatlarining qonuniyligini;
— aholi xavfsizligi talablariga rioya etilgan-etilmaganini
xolis örganib, jamoatçilikka aniq maʼlumot beriş söraladi.
Davlat yoki umumiy foydalanişdagi yerning maqomi özboşimçalik bilan özgarişi mumkin emas. Aholi xavfsizligi esa har qanday quriliş yoki xöjalik manfaatidan ustun turişi kerak.
Endi savol masʼul taşkilotlarga:
Şifokorlar köçasidagi bu hudud kimning manfaati uçun qazilmoqda? Yerning huquqiy asosi bormi? Aholi xavfsizligi uçun kim javob beradi?
EFFECT.UZ uşbu holat yuzasidan mutasaddi taşkilotlarning rasmiy munosabatini kutadi.




