Prezident qarori yoki farmoniga qarşi emasmiz, deyişmoqda Navoiy savdo kompleksida köp yillardan buyon işlab kelayotgan tadbirkorlar. Ammo ularning xavotiri — dökonlari auksionga çiqarilsa, öz iş joylarini qayta sotib olişga moliyaviy imkoniyati yetmasligida.
EFFECT.UZ tahririyatiga Navoiy şahridagi Navoiy savdo kompleksida faoliyat yurituvçi bir guruh tadbirkorlar murojaat qildi.
Murojaatçilarning aytişiça, ularga tegişli savdo dökonlari auksionga çiqarilişi mumkin. Tadbirkorlar esa qarorga qarşi emasligini, biroq auksionda qatnaşib, yillardan buyon işlab kelayotgan dökonlarini qayta sotib oliş imkoniyati hammada ham mavjud emasligini taʼkidlamoqda.
«Bola-çaqamizni şu dökonlar orqasidan boqamiz. Dökonlarimizni olib qöyişsa, qayerga boramiz? Bizga şu joylarda işlaş imkoniyatini beringlar», — deydi murojaatçilar.
Tadbirkorlarning maʼlum qilişiça, savdo kompleksida 250 nafardan ortiq tadbirkor faoliyat yuritadi. Ularning ayrimlari uçun uşbu savdo joyi asosiy va doimiy daromad manbai hisoblanadi.
Şu bois dökonlardan ayriliş masalasi faqat tadbirkorning biznesiga emas, balki ularning oilasi va tirikçilik manbaiga ham taʼsir qilişi mumkin.
Masala yuzasidan tadbirkorlar şahar hokimi bilan ham muloqot qilgan. Hokim tadbirkorlarga maʼlum vaqt beriş va ularning şaroitini inobatga oliş zarurligini bildirgan. Şuningdek, auksion uçun boşqa joylar ham mavjudligini aytgan va mazkur masalada yeçim topişga harakat qilişini bildirgan.
Agar buning imkoni bölmasa, tadbirkorlarni kamida bir oy oldin ogohlantiriş zarurligini taʼkidlagan.
Hozir tadbirkorlarni qiziqtirayotgan asosiy savol şu:
Köp yillardan buyon şu joyda mehnat qilib kelayotgan tadbirkorlarning manfaatlari qanday himoya qilinadi?
EFFECT.UZ uşbu masalada Navoiy şahar hokimligi va boşqa masʼul taşkilotlardan tadbirkorlarning murojaatini örganib, ularning mehnati va tirikçilik manbaini inobatga olgan holda qonuniy va amaliy yeçim topişlarini söraydi.
Çunki bu yerda gap şunçaki savdo dökonlari haqida emas — yuzlab tadbirkorlar va ularning oilalari tirikçiligi, iş örinlari haqida ketmoqda.
Muxbir: Muhammadali Qozoqov
Operator va montaj ustasi: Otabek Umarov



