⚠️ DIQQAT: Sayt test rejimida ishlamoqda!⚠️ DIQQAT: Sayt test rejimida ishlamoqda!
Siyosat

Eron Dubay va Dohadagi ayrim hududlar aholisini tark etishga chaqirdi

Abror Eshonxonov2 soat oldin5 ko'rishlar
Eron Dubay va Dohadagi ayrim hududlar aholisini tark etishga chaqirdi

Eron qurolli kuchlari Dubay va Dohadagi ayrim hududlar aholisini bu joylarni tark etishga chaqirdi. Bu haqda Eronning Fars agentligi xabar berdi.

Maʼlum qilinishicha, eʼlon qilingan ogohlantirishda yaqin soatlarda ushbu nuqtalarga hujumlar boʻlishi mumkinligi aytilgan. Eron harbiylarining taʼkidlashicha, bu hududlarda AQSH armiyasining ofitserlari va harbiylari joylashgan.

Bundan oldin Eron Islom inqilobi qoʻriqchilari korpusi (KSIR) dengiz kuchlari mintaqada joylashgan AQSHning toʻrtta harbiy bazasiga bir vaqtning oʻzida zarba berganini maʼlum qilgan.

Kuvaytdagi Ali as-Salem va Al-Adiri, BAAdagi Ad-Dafra hamda Bahrayndagi Sheyx Isa bazalari nishonga olingan.

Eslatib oʻtamiz, 28-fevral kuni AQSH va Isroil Eron hududiga ommaviy zarbalar bergan. Hujumlar davomida poytaxt Tehron, yirik shaharlar, harbiy bazalar va ayrim fuqarolik obyektlari nishonga olingan.

Eron esa bu hujumlarga javob sifatida Isroil hududi hamda BAA, Qatar, Bahrayn, Kuvayt, Iordaniya va Saudiya Arabistonidagi ayrim obyektlarga zarbalar bermoqda.

Ulashish:

O'xshash yangiliklar

Eron Dubay va Dohadagi ayrim hududlar aholisini tark etishga chaqirdi | Effect.uz