Jinoyat ishlari boʻyicha Angren shahar sudida S. Q. (2006-yilda Toshkent viloyatida tugʻilgan), Z. U. (2004-yilda Toshkent viloyatida tugʻilgan), D. Oʻ. (2004-yilda Toshkent viloyatida tugʻilgan) va A. U. (2003-yilda Toshkent viloyatida tugʻilgan)ga oid jinoyat ishini koʻrib chiqish boʻyicha sud jarayoni yakunlanib, sud hukmi eʼlon qilindi.
Ushbu jinoyat ishi Jinoyat-protsessual kodeksining 19-moddasi (sudda jinoyat ishlarining oshkora koʻrilishi) talablariga muvofiq yopiq sud majlisida koʻrib chiqildi.
Eʼlon qilingan sud hukmiga muvofiq S. Q., Z. U., D. Oʻ. va A. U. voyaga yetmagan S. Ya. (qiz bola, 2010-yilda tugʻilgan)ga nisbatan Jinoyat kodeksining 118-moddasi 3-qismi “a” bandi, 119-moddasi 3-qismi “a” bandi, 28,118-moddasi 3-qismi “a” bandi va 28,119-moddasi 3-qismi “a” bandida nazarda tutilgan jinoyatlarini sodir etganlikda aybli deb topildi.
▪️S. Q. (jinoyat sodir etilgan vaqtda voyaga yetmagan)ga 118-moddasi 3-qismi “a” bandi bilan Jinoyat kodeksining 85-moddasi (ozodlikdan mahrum qilish)ga asosan 10-yil,
▪️Z. U.ga 118-moddasi 3-qismi “a” bandi, 119-moddasi 3-qismi “a” bandi, 28,118-moddasi 3-qismi “a” bandi va 28,119-moddasi 3-qismi “a” bandi bilan 12-yil,
▪️D. Oʻ.ga 118-moddasi 3-qismi “a” bandi va 119-moddasi 3-qismi “a” bandi bilan 10-yil 6 oy,
▪️A. U. (II-guruh nogironi)ga 118-moddasi 3-qismi “a” bandi va 119-moddasi 3-qismi “a” bandi bilan 7-yil 6 oy ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi.




