Prezident Şavkat Mirziyoyevning Iordaniyaga davlat taşrifi doirasida Ammonda ötkazilgan oliy darajadagi muzokaralar yakunida ikki mamlakat örtasida strategik şeriklik töğrisidagi bitim imzolandi. Şuningdek, turli sohalarda hamkorlikni kengaytirişga qaratilgan ikki tomonlama hujjatlar qabul qilindi.
Özbekiston Prezidenti va Iordaniya podşohi Abdulla II ibn Al-Husayn huzurida özaro hujjatlarni almaşiş marosimi bölib ötdi.
Xususan, ikki mamlakat örtasidagi munosabatlar va hamkorlikni mustahkamlaş töğrisida qöşma bayonot qabul qilindi. Şuningdek, strategik şeriklik munosabatlarini örnatiş töğrisidagi bitim imzolandi.
Kelişuvlar imtiyozli savdo, jinoiy işlar böyiça özaro huquqiy yordam, madaniyat, madaniy va ijodkorlik sanoati, milliy kutubxonalar, hujjatlar va arxivlar, atrof-muhitni muhofaza qiliş, energetika hamda suv resurslarini boşqariş sohalarini ham qamrab oldi.
Bundan taşqari, iqtisodiy diplomatiya, toğ-kon sanoati va geologiya, uy-joy qurilişi va şaharsozlik, raqamlaştiriş, axborot texnologiyalari, oziq-ovqat va dori-darmon mahsulotlari nazorati, soğliqni saqlaş xizmatlari hamda çorvaçilik yönalişlarida hamkorlikni kengaytiriş böyiça kelişuvlarga erişildi.
Mintaqalararo aloqalarni rivojlantiriş maqsadida Toşkent va Ammon şaharlari, şuningdek, Samarqand şahri va Petra turizm mintaqasi örtasida hamkorlik töğrisidagi hujjatlar almaşildi.
Davlat taşrifi doirasida jami 19 ta ikki tomonlama hujjat qabul qilindi va imzolandi. Kelişuvlar savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy va madaniy-gumanitar hamkorlikni kengaytiriş, şuningdek, qöşma loyihalarni amalga oşirişga qaratilgan.




