Globallaşuv, axborot texnologiyalari va sun’iy intellekt jadal rivojlanayotgan bugungi şaroitda ma’naviy qadriyatlarni asraş, ilm-fan yutuqlarini hayotga tatbiq etiş va yoş avlodni tarbiyalaşda ziyolilarning faolligi hal qiluvçi ahamiyat kasb etmoqda. Kengaş yiğilişida olimlar, tarixçilar, adiblar, şoirlar, san’at va madaniyat namoyandalari, jurnalistlar, pedagoglar hamda turli kasb egalari jamlanib, ziyolilikni faqat kasb yoki unvon emas, balki jamiyat taqdiriga daxldorlik va xalq manfaatiga xizmat qiliş mezoni sifatida namoyon etdi.
Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi direktori Şovosil Ziyodovning ta’kidlaşiça, turli soha vakillarining yagona maydonda birlaşuvi ziyolilar salohiyatini samarali işga solişga xizmat qiladi. Uning fikriça, yiğilişda bildirilgan takliflar muhokama doirasida qolib ketmasdan, davlat darajasida körib çiqilişi, amalga oşiriş mexanizmlari işlab çiqilişi va yoşlarning özligini anglaşi, vatanparvarlik ruhida kamol topişiga xizmat qilişi lozim.
Birinçi şöba muhokamalarida milliy özlik va raqamli muhit uyğunligiga alohida e’tibor qaratildi. Media ekspert Beruniy Alimov mamlakat haqidagi tasavvurlar şakllanişida sun’iy intellekt platformalarining örni ortib borayotganini qayd etib, Generative Engine Optimization (GEO) yönalişida faol işlaş zarurligini bildirdi. Xorijiy investorlar, sayyohlar va mehmonlar sun’iy intellekt orqali ma’lumot izlayotgan bir paytda Özbekiston tarixi, qadriyatlari va ilmiy yutuqlariga oid işonçli milliy mazmunni raqamli makonda köpaytiriş muhimdir. Şuningdek, u Science Communication — ilm-fan kommunikasiyasini rivojlantiriş, yoş olimlarni jamoatçilikka oçiq va sodda tilda sözlaşga jalb etiş, ilmiy natijalarni amaliyot va qaror qabul qiliş jarayonlari bilan boğlaş taklifini ilgari surdi.
Ikkinçi şöbada vatanparvarlik tarbiyasini faqat harbiy xizmat bilan çeklamasdan, yaxlit tizimga aylantiriş masalasi kötarildi. Mudofaa vazirining maslahatçisi Olimjon Ösarov «vatanparvar klaster» konsepsiyasini qabul qiliş, unda oila, boğça, maktab, mahalla, oliy ta’lim va armiyaning aniq örni hamda vazifalarini belgilaşni taklif etdi. Bundan taşqari, yigitlik burçini ötayotgan öğlonlarning xonadonlariga Özbekiston bayroğini örnatiş, mahallalarda «Vatan posbonlari» burçaklarini taşkil etiş, namunali harbiy xizmatçilarning yoşlar bilan uçraşuvlarini yölga qöyiş hamda yurt ravnaqiga hissa qöşayotgan farzandlarni tarbiyalagan ota-onalarni «Vatanparvar ona» yoki «Vatanparvar ota» ordenlari bilan rağbatlantiriş taşabbuslari bildirildi.
Törtinçi şöbada davlat tili nufuzi, adabiyot va kitobxonlik madaniyatini yuksaltiriş yuzasidan qator amaliy ğoyalar örtaga taşlandi. Yoş ijodkor Nilufar Ergaşeva taşkilot va korxonalarda davlat tili qoidalariga rioya etilişini qöllab-quvvatlovçi «Til şifoxonasi» loyihasi va bepul xizmat körsatuvçi botni yölga qöyiş, şuningdek, volontyorlar iştirokida hududiy şevalar, xalq maqollari, matallar va oğzaki ijod namunalarini töplaşga qaratilgan «Xazina» («Til posbonlari») ijtimoiy loyihasini taklif etdi. U «Yoşlik», «Saodat» va «Jahon adabiyoti» jurnallariga ta’lim muassasalarida obunani kengaytiriş hamda buyuk ajdodlar hayoti va asarlari asosida zamonaviy videorilslar yaratiş orqali yoşlarni mutolaaga qiziqtiriş muhimligini ta’kidladi.
Özbekistonda xizmat körsatgan madaniyat xodimi Bobur Bobomurod esa bolalar adabiyotini qöllab-quvvatlaş, ijodkorlarni rağbatlantiriş, kitoblarni öquvçilarga yetkaziş va maktab kutubxonalari faoliyatini kuçaytiriş zarurligiga e’tibor qaratdi. Uning fikriça, ziyolilar jamiyatdagi islohotlarni xalqqa tuşunarli tilda yetkazişi, ijtimoiy savollarga badiiy va ilmiy ijod orqali javob izlaşi lozim.
Ziyolilar kengaşining ilk yiğilişida bildirilgan takliflarni amaliy dasturlarga aylantiriş, ularning ijro mexanizmlarini belgilaş va jamoatçilik iştirokida hayotga tatbiq etiş milliy taraqqiyotning muhim omilidir. Kengaş doimiy hamkorlik va amaliy natijalar maydoniga aylangandagina ziyolilarning intellektual salohiyati jamiyatning ma’naviy va intellektual yuksalişiga tölaqonli xizmat qiladi.
Ziyolilar muloqotidan amaliy taşabbuslar sari: milliy yuksalişning intellektual tayançi
Akmal Eshonxonov14 ko'rishlar

Ulashish:
O'xshash yangiliklar

Madaniyat
Izzat Şukurov, Rayhon Ğaniyeva, Ğaybulla Tursunov va bir qator sanʼatkorlar qonun buzgani aniqlandi
19-noyabr, 2026, 11:5072

Madaniyat
Navoiyda toş davriga oid yangi arxeologik yodgorliklar aniqlandi
18-noyabr, 2026, 16:1290

Madaniyat
26 ta arxeologiya yodgorligiga zarar yetkazildi
16-noyabr, 2026, 11:3549

Madaniyat
Xalqaro tanlov ğoliblariga 300 million sömgaça mukofot beriladi
14-noyabr, 2026, 16:3273