Istanbuldagi Aya Sofiya-i Kabir jome masjidida restavratsiya işlari davom etmoqda. Inşoot ostidagi tarixiy tunnellar va yerosti makonlarini tozalaş, qaziş, hujjatlaştiriş hamda mustahkamlaş işlarida sezilarli natijalarga erişildi. Restavratsiya jarayonida 420 metr uzunlikdagi yerosti tunnel yölagi tozalandi. Ayni paytda tarixiy suv taʼminoti tizimi hamda turli davrlarga oid inşootlar qoldiqlarini aniqlaş böyiça tadqiqotlar davom etmoqda.
Aya Sofiya ilmiy kengaşi aʼzosi, professor Ahmet Guleçning maʼlum qilişiça, inşootning şimoli-şarqiy qismida joylaşgan gipogey (yerosti dafn inşooti) va uning atrofidagi hududlarda tozalaş işlari qariyb ikki yil avval boşlangan.
Uning sözlariga köra, ustki qismi vayron bölib, vaqt ötişi bilan tuproqqa tölgan inşootlar tozalanib, tarixiy yerosti makonlari qayta oçilgan. Hozirgaça uşbu hududda 6 ta yerosti makoni va 9 ta tunnel aniqlangan.
Olimning fikriça, ayrim makon va tunnellar Rim davriga oid bölişi mumkin. Taxminlarga köra, ulardan keyingi davrlarda ham turli özgartirişlar kiritilgan holda foydalanilgan. Bu boradagi tadqiqotlar davom etmoqda. Yaqinda 2-raqamli tunnel ham oçilib, uning içki qismlarini örganiş işlari boşlangan.
“Biz bu yerdan bir qator namunalar olib, ularni tahlil qilmoqdamiz. Tahlil natijalari asosida uşbu inşoot haqida qöşimça maʼlumotlarga ega bölamiz. Hozirça faqat bu joy Rim davridagi atrium (içki hovli) infratuzilmasining tarkibiy qismlaridan biri bölganini ayta olamiz”, - dedi Guleç.
Janubga yönalgan tunnel töğridan-töğri Yerebatan suv omboriga olib boradi
Ahmet Guleç Aya Sofiyadagi eng uzun tunnelning 200 metrdan ortiq qismida tadqiqot işlari olib borilganini taʼkidladi. Tarixiy manbalarda qadimgi Rim köçasi Kiçik Aya Sofiyadan Sarayburnugaça çözilganini aks ettiruvçi xaritalar mavjud. Biroq olimning taʼkidlaşiça, bu yönaliş hozirça töliq tasdiqlanmagan.
Tadqiqotlar davomida Yerebatan suv ombori tomon çözilgan tunnel ham aniqlangan. Belgilangan hudud çegarasiga yetilgaç, uşbu yönalişdagi işlar töxtatilgan. Bundan taşqari, şimolga qarab çözilib, keyin ğarbga buriladigan yana bir tunnel topilgan.
Professor Yerebatan suv omborida işlayotgan mutaxassislardan ombor içidan Hipodrom (Ot maydoni) tomon yönalgan boşqa tunnel ham mavjudligi haqida maʼlumot olganini aytdi.
“Biz dastlab Aya Sofiyaga yaqin joylaşgan tunnelni oçdik. Janubga yönalgan tunnel esa töğridan-töğri Yerebatan suv omboriga olib boradi. Tunnellarda yillar davomida töplanib qolgan loyqalarni tozalaganimizdan söng ularning yönalişini aniqlaşga muvaffaq böldik. Bu yerda taxminan 3 foizlik qiyalikka ega tunnel mavjud bölib, hozir ham Aya Sofiya ostidan suv oqib kelmoqda. Bu suv Yerebatan omboriga quyiladigan tabiiy buloqdan yoki Bozdoğon akvedukining suv taqsimlaş tarmoğidan kelayotgan bölişi mumkin. Uning aniq manbasi hozirça nomaʼlum”, - dedi Guleç.
Yerosti inşootlaridan qariyb 3 ming tonna tuproq va quriliş qoldiqlari çiqarildi
Professor Ahmet Guleçning maʼlum qilişiça, restavratsiya davomida yerosti inşootlaridan qariyb ming kub metr yoki taxminan 3 ming tonna tuproq, loyqa va quriliş qoldiqlari çiqarilgan. Uşbu materiallar yillar davomida töplanib, ilgari ustki qismi şikastlangan inşootlarni töldiriş va yer yuzasini tekislaş uçun işlatilgan.
Uşbu qatlamlarning tozalanişi natijasida uzoq vaqt tuproq ostida qolgan tarixiy inşootlar qayta oçilmoqda. Guleç tunnellarni sayyohlar uçun oçiş masalasiga töxtaldi.
“Bu joylarni taşrif buyuruvçilar uçun oçişdan avval hali köplab işlarni amalga oşiriş zarur. Hozirça bu borada yakuniy qaror qabul qilingani yöq. Vazirimiz ham, biz ham uşbu tarixiy maskanlarni sayyohlar uçun oçiş tarafdorimiz. Biroq taşrif buyuruvçilarning salomatligi va xavfsizligini taʼminlaş bilan boğliq qator masalalarni örganiş hamda zarur çoralarni köriş lozim. Ayni paytda bu yönalişda jiddiy işlar olib borilmoqda va mutaxassislar örtasida muhokamalar davom etmoqda”, - dedi Guleç.




