Joriy yilning 9 oyida tuman va şahar jinoyat işlari böyiça sudlarning tergov sudyalari tomonidan 662 237 nafar şaxsga nisbatan 549 231 ta maʼmuriy huquqbuzarlik töğrisidagi iş körib çiqilgan. Şundan 420 245 nafar şaxsga nisbatan maʼmuriy jazo qöllanilgan.
Jazolarning asosiy qismi jarima va maʼmuriy qamoqdan iborat bölgan. Xususan, 340 986 nafar şaxsga jarima, 77 309 nafar şaxsga maʼmuriy qamoq jazosi tayinlangan.
Maʼmuriy huquqbuzarliklarga oid işlarning salmoqli qismi Toşkent şahri, Samarqand, Toşkent, Farğona va Qaşqadaryo viloyatlari hissasiga töğri kelgan.
Şuningdek, 71 450 nafar şaxs yaraşilgani munosabati bilan maʼmuriy javobgarlikdan ozod etilgan.
Körib çiqilgan işlar orasida mayda bezorilik, içki işlar organlari xodimlarining qonuniy talablarini bajarmaslik, litsenziyasiz yölovçi taşiş, sovuq qurol yoki undan foydalaniş mumkin bölgan aşyolarni olib yuriş, haqorat qiliş, elektr, issiqlik energiyasi va gazdan foydalaniş qoidalarini buziş kabi huquqbuzarliklar köp uçragan.
Bundan taşqari, savdo va xizmat körsatiş qoidalarini buziş, yöl harakati qoidalarini buziş oqibatida yengil tan jarohati yoki ança miqdorda moddiy zarar yetkaziş, jamoat joylarida alkogol isteʼmol qiliş hamda transport vositasini mast holda boşqariş bilan boğliq işlar ham körib çiqilgan.
Qonunbuzilişlarni bartaraf etiş maqsadida 11 006 ta taqdimnoma çiqarilgan.
Sud qarorlari yuqori instansiyalarda qança özgargan?
Apellyatsiya tartibida 7 656 nafar şaxsga nisbatan 6 804 ta iş körib çiqilgan. Natijada 1 496 nafar şaxsga nisbatan birinçi instansiya sudlari qarorlari bekor qilingan, 2 495 nafar şaxsga nisbatan qarorlar özgartirilgan.
Kassatsiya tartibida esa 10 656 nafar şaxsga nisbatan 10 152 ta iş körib çiqilgan. Şundan 4 379 nafar şaxsga nisbatan birinçi instansiya qarorlari bekor qilingan, 2 347 nafar şaxsga nisbatan sud qarorlari özgartirilgan.
Oliy sud Jinoyat işlari böyiça sudlov hayʼati tomonidan taftiş tartibida 955 nafar şaxsga nisbatan 918 ta maʼmuriy huquqbuzarlik töğrisidagi iş körib çiqilgan.
Ularning 187 nafariga nisbatan quyi sudlar qarorlari bekor qilingan, 232 nafar şaxsga nisbatan çiqarilgan qarorlar esa özgartirilgan.




