O'zbekiston

Özbekistonda jinoyatçilikni sunʼiy intellekt yordamida prognoz qiliş tizimi joriy etiladi

Akmal Eshonxonov21 ko'rishlar
Özbekistonda jinoyatçilikni sunʼiy intellekt yordamida prognoz qiliş tizimi joriy etiladi

Özbekistonda kriminogen vaziyatni raqamli nazorat qiliş, tahlil etiş va prognozlaş tizimi joriy qilinadi. Bu Prezidentning 2026-yil 6-noyabrdagi PF-241-son farmonida belgilangan.

Farmonga köra, Boş prokuratura tomonidan «Yagona kriminogen maʼlumotlar platformasi» işga tuşiriladi. U jinoyatçilik dinamikasini hududlar, mahallalar va jinoyat turlari kesimida yarim yillik hamda yillik muddatlarga prognoz qiladi.

Şuningdek, «Kriminogen barqarorlik indeksi» joriy etiladi. Unda jinoyatçilik dinamikasi, ijtimoiy-iqtisodiy omillar, infratuzilma xavflari va aholining xavfsizlik hissi hisobga olinadi.

Vazirlik, idoralar va hokimliklarning jinoyatçilik profilaktikasi sohasidagi faoliyati KPI asosida baholanib, ularning reytingi yuritiladi.

Platformaga Içki işlar vazirligi, «112» xizmati, ijtimoiy himoya, taʼlim, soğliqni saqlaş va boşqa tizimlarning maʼlumotlari avtomatik ravişda kelib tuşadi. Maʼlumotlarni taqdim etmaslik, keçiktiriş yoki notöğri kiritiş uçun javobgarlik belgilanadi.

«Oğir» kriminogen hudud deb topilgan joylarda hokim rahbarligida uç sutka içida tezkor ştab tuziladi. Bir oy davomida jinoyatçilik sabablari aniqlanib, manzilli çora-tadbirlar rejasi tasdiqlanadi. Reja ijrosi yarim yilda oraliq baholanadi, yil yakunida esa uni bajarmagan masʼullarning javobgarligi körib çiqiladi.

Farmon bilan har yili milliy viktimologik sörovlar, şuningdek, aholining xavfsizlik hissi va huquq-tartibot organlariga işonçi böyiça sörovlar ötkazilişi belgilandi.

Boş prokuraturada Kriminogen vaziyat barqarorligini taʼminlaş ustidan nazorat boşqarmasi hamda Raqamli tahlil va prognozlaş bölimi taşkil etiladi.

Farmonda sunʼiy intellekt tahlili va prognoz natijalari şaxsga nisbatan huquqiy oqibatli qaror qabul qiliş uçun mustaqil asos böla olmasligi belgilangan. Şu bilan birga, şaxsga doir maʼlumotlarni himoya qiliş talablariga qatʼiy rioya etiladi.

2027-yil mart oyi yakunigaça idoralar zarur maʼlumotlarni xatlovdan ötkazib, raqamlaştiradi. 2027-yil oxirigaça platforma Toşkent şahrining Olmazor tumanida sinovdan ötkaziladi. 2028-yildan boşlab esa tizim barça hududlarda bosqiçma-bosqiç joriy etiladi.

Farmon bilan 2026–2030-yillarga möljallangan Konsepsiya va 2026–2027-yillar uçun «Yöl xaritasi» tasdiqlandi. Har yili Prezidentga kriminogen vaziyat böyiça tahliliy axborotnoma kiritib boriladi.

Farmon ijrosiga Boş prokuror N.T. Yöldoşev şaxsan masʼul etib belgilandi.

Ulashish:

O'xshash yangiliklar

Özbekistonda jinoyatçilikni sunʼiy intellekt yordamida prognoz qiliş tizimi joriy etiladi | Effect.uz