Nurlan Yermekbayev terrorizm, ekstremizm va transmilliy jinoyatçilikka qarşi kuraşişda hamkorlikni kuçaytiriş muhimligini taʼkidladi.
Samarqandda Xavfsizlik masalalari böyiça ŞHT plyus birinçi ekspertlar muloqoti doirasida Şanxay hamkorlik taşkiloti Boş kotibi Nurlan Yermekbayev nutq sözladi.
ŞHT Boş kotibi taşkilotning 2024-yilda Ostona şahrida bölib ötgan sammitida mazkur forumni taşkil etiş taşabbusini ilgari surgani uçun Özbekiston Prezidenti Şavkat Mirziyoyevga minnatdorlik bildirdi. Uning taʼkidlaşiça, bunday formatdagi hamkorlik keng qamrovli va inklyuziv xalqaro şeriklikni şakllantirişga xizmat qiladi.
Nurlan Yermekbayev ŞHT sönggi çorak asr davomida turli siyosiy tizimlar, madaniy anʼanalar va milliy ustuvorliklarga ega davlatlarni birlaştirgan nufuzli transmintaqaviy köp tomonlama taşkilotga aylanganini qayd etdi.
Şuningdek, taşkilotga aʼzo davlatlar rahbarlari tomonidan Markaziy Osiyoni ŞHTning özagi sifatida eʼtirof etilgani alohida taʼkidlandi. Muloqotda mintaqaviy xavfsizlik uçun muhim ahamiyatga ega bölgan Afğonistonda tinçlik, barqarorlik va taraqqiyotni taʼminlaş masalalariga ham eʼtibor qaratildi.
«ŞHT Afğonistonning terrorçilik, uruş va giyohvandlikdan xoli bölgan mustaqil, betaraf va tinçliksevar davlat sifatida qaror topişi tarafdori ekanini hamda uşbu mamlakatda tinçlik, barqarorlik va taraqqiyotni taʼminlaş böyiça xalqaro hamjamiyat tomonidan olib borilayotgan saʼy-harakatlarni qöllab-quvvatlaşga tayyorligini yana bir bor tasdiqlaydi», — dedi Nurlan Yermekbayev.
Boş kotib 2026-yil sentyabr oyi boşida Bişkek şahrida bölib ötgan ŞHTga aʼzo davlatlar rahbarlari sammitida qabul qilingan muhim qarorlarga ham töxtaldi.
Jumladan, sammitda ŞHTga aʼzo davlatlar xavfsizligiga tahdid va xavf-xatarlarga qarşi kuraşiş böyiça Universal markaz hamda ŞHT Narkotiklarga qarşi kuraşiş markazi Ijroiya qömitasi töğrisidagi nizomlar tasdiqlangan. Şuningdek, 2030-yilgaça möljallangan giyohvandlik, sintetik narkotiklar va ularning prekursorlari tarqalişiga qarşi kuraşiş dasturlari qabul qilingan.
Nutq yakunida Nurlan Yermekbayev hamkorlikning istiqboldagi ustuvor yönalişlarini belgilab berdi. Ular qatorida ekspertlar muloqotini çuqurlaştiriş, yangi texnologik tahdidlarga qarşi kuraşiş, terrorizm, ekstremizm, transmilliy uyuşgan jinoyatçilik, narkotiklarning noqonuniy aylanişi va jinoiy daromadlarni legallaştirişga qarşi qöşma çoralarni kengaytiriş masalalari örin oldi.
Şuningdek, preventiv diplomatiya va muloqot madaniyatini mustahkamlaş muhim vazifalar sifatida qayd etildi.




