O'zbekiston

Özbekistonliklar 9 oyda Claude va ChatGPT uçun 200 mlrd sömga yaqin pul sarfladi

Akmal Eshonxonov48 ko'rishlar
Özbekistonliklar 9 oyda Claude va ChatGPT uçun 200 mlrd sömga yaqin pul sarfladi

«Anthropic» davlat byudjetiga 14 mlrd söm, «OpenAI» esa 10 mlrd söm soliq töladi.

2026-yilning yanvar–sentyabr oylarida Claude sunʼiy intellekt modelini işlab çiquvçi «Anthropic» kompaniyasi Özbekistonda 116,1 mlrd sömlik elektron xizmatlar körsatgan. ÇatGPT yaratuvçisi «OpenAI»ning xizmatlari hajmi esa 83,1 mlrd sömni taşkil etgan.

Soliq qömitasi maʼlumotlariga köra, davlat byudjetiga soliq tuşumlari böyiça ham «Anthropic» yetakçilik qilmoqda. Hisobot davrida kompaniya 14 mlrd söm soliq tölagan bölsa, «OpenAI»ning bu boradagi körsatkiçi 10 mlrd sömga teng bölgan.

2026-yilning birinçi çoragida vaziyat boşqaça bölgan. Xususan, «OpenAI» Özbekistonda 21,5 mlrd sömlik xizmat körsatib, 2,5 mlrd söm soliq tölagan. Bu körsatkiç «Anthropic»nikidan qariyb 67 foiz yuqori edi.

Öşa davrda «Anthropic»ning xizmatlari hajmi 12,6 mlrd sömni, tölagan soliği esa 1,5 mlrd sömni taşkil etgan. Biroq keyingi oylarda vaziyat özgardi. 2026-yilning birinçi yarim yilligi yakuniga köra, «Anthropic»ning soliq tölovlari 6,3 mlrd sömga yetdi va «OpenAI»ning 5,6 mlrd sömlik körsatkiçidan oşib ketdi.

Uçinçi çorakda, yaʼni iyul–sentyabr oylarida, kompaniyalar örtasidagi tafovut yanada kengaydi. «Anthropic» şu çorakning özida davlat byudjetiga 7,7 mlrd söm soliq ötkazdi. Bu kompaniyaning dastlabki olti oydagi jami soliq tölovlaridan ham köproqdir.

Ayni davrda «OpenAI» 4,4 mlrd söm soliq tölagan. Natijada «Anthropic» raqibidan 75 foizga özib ketdi. Şu tariqa, töqqiz oylik natijalarga köra, «Anthropic» jami soliq tölovlari böyiça «OpenAI»dan 40 foizga oldinda bormoqda.

Özbekistonda elektron xizmatlar körsatuvçi xorijiy kompaniyalar reytingida ular mos ravişda beşinçi va oltinçi örinlarni egallagan.

Ulashish:

O'xshash yangiliklar

Özbekistonliklar 9 oyda Claude va ChatGPT uçun 200 mlrd sömga yaqin pul sarfladi | Effect.uz