Sport

«Prezident Olimpiadasi»da hakamlik yuzasidan şikoyat: boksçi qiz ğalabadan mahrum qilindimi?

Akmal Eshonxonov52 ko'rishlar
«Prezident Olimpiadasi»da hakamlik yuzasidan şikoyat: boksçi qiz ğalabadan mahrum qilindimi?

EFFECT.UZ tahririyatiga Namangan viloyati Pop tumanida yaşovçi fuqaro Uluğbek Tursunovdan murojaat kelib tuşdi. Murojaatçi «Prezident Olimpiadasi» musobaqasining boks böyiça bahslarida hakamlik yuzasidan eʼtiroz bildirmoqda.

Uning aytişiça, qizlar örtasida 67 kilogramm vazn toifasining 2-saralaş bosqiçida iştirok etgan qizi — Fazilatxon Tursunova qizil burçakda jang qilgan. Murojaatçi jang davomida uning qizi raqibiga nisbatan faolroq harakat qilgani va ustunlik körsatganini taʼkidlamoqda.

Biroq, uning sözlariga köra, hakamlar ğalabani Fazilatxon Tursunovaning raqibiga bergan. Murojaatçi bu holatni adolatsiz hakamlik deb hisoblamoqda. Uning taʼkidlaşiça, qizining iştirokida bunday holatlar avval ham bir neça marta kuzatilgan.

Endilikda asosiy savol — mazkur jangda hakamlarning qarori belgilangan qoidalar asosida qabul qilinganmi va baholaş jarayonida biror qoidabuzarlik bölganmi?

EFFECT.UZ uşbu murojaatni masʼul taşkilotlar eʼtiboriga havola qiladi. Musobaqa taşkilotçilari va boks federatsiyasidan jang videosi hamda hakamlar qarorini örganib, holatga xolis baho berişlarini söraymiz.

Agar hakamlikda xato yoki qoidabuzarlik aniqlangan bölsa, unga nisbatan belgilangan tartibda çora körilişi, agar qaror qonuniy va asosli bölgan bölsa, buning sabablari jamoatçilikka tuşuntirilişi lozim.

EFFECT.UZ tahririyati mazkur murojaat yuzasidan masʼul taşkilotlarning rasmiy munosabatini ham eʼlon qilişga tayyor.

Ulashish:

O'xshash yangiliklar

«Prezident Olimpiadasi»da hakamlik yuzasidan şikoyat: boksçi qiz ğalabadan mahrum qilindimi? | Effect.uz