Siyosat

«Kelajak»ning kelajagi qanday qurilgandi?

Akmal Eshonxonov153 ko'rishlar
«Kelajak»ning kelajagi qanday qurilgandi?

Direktorlar tanlovi va xodimlar huquqi böyiça jamoaviy murojaatda jiddiy savollar kötarilmoqda. Yangi tizimni joriy etiş oson emas. Ayniqsa, yillar davomida şakllangan muassasalar örnida yangi tuzilma paydo bölayotgan bölsa, özgarişlar nafaqat nomi va vazifalarga, balki unda işlab kelgan yuzlab rahbar va xodimlarning mehnat taqdiriga ham taʼsir qiladi.

«Barkamol avlod» bolalar maktablari negizida «Kelajak» markazlarini taşkil etiş jarayonida ham ana şunday murakkab jarayon keçgan. Ammo bizga kelib tuşgan jamoaviy murojaatda masala oddiy taşkiliy özgarişlar doirasidan ança çetga çiqmoqda.

Unda işdan böşatiş arizalarining bosim ostida yozdirilgani, buyruq va ariza sanalarining bir-biriga mos kelmasligi, direktorlik lavozimlariga ötkazilgan tanlovlarning şaffofligi, ayrim nomzodlarning belgilangan talablarga javob bermagan holda tayinlangani hamda lavozimlar böyiça korrupsiyaga oid xabarlar tekşirilişi söralgan.

Murojaat Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari böyiça vakili — Ombudsmanga yöllanişi kerak edi, lekin ayrim sabablarga köra uşbu murojaat yuqori idoralargaça yetib bormagan.

Bu daʼvolarning har biri vakolatli organlar tomonidan hujjatlar asosida tekşirilişi lozim. Çunki bu yerda gap nafaqat alohida xodimlarning mehnat huquqlari, balki yangi tizimni taşkil etiş jarayonining qonun, tenglik va şaffoflik tamoyillari asosida ötkazilgan-ötkazilmagani haqida ketmoqda.


«Barkamol avlod»dan «Kelajak»ka: özgarişning huquqiy asosi nima edi?

2025-yil 8-sentyabrda qabul qilingan Prezidentning PQ-277-son qarori bilan «Barkamol avlod» bolalar maktablari negizida «Kelajak» markazlarini taşkil etiş belgilandi. Hujjatda yangi markazlar rahbar lavozimlarini strategik fikrlaydigan, zamonaviy bilim va könikmalarga ega, taşabbuskor va yetakçilik salohiyati bor munosib nomzodlar orasidan töldiriş vazifasi qöyilgan. Keyinçalik, 2025-yil 10-dekabrdagi 776-son Vazirlar Mahkamasi qarori bilan «Kelajak» markazlari töğrisidagi nizom tasdiqlandi.

Unga köra, markazga direktor rahbarlik qiladi. Respublika «Kelajak» markazi direktori va uning örinbosarlari vazir tomonidan tayinlanadi. Viloyat va Toşkent şahar markazlari direktorlari Respublika «Kelajak» markazi tavsiyasi asosida vazir tomonidan, tuman va şahar markazlari direktorlari esa Respublika «Kelajak» markazi direktori yaʼni Indira Xoldorova tomonidan tayinlanadi.

Demak, rahbarlik lavozimlarini şakllantiriş — tizimdagi eng muhim masalalardan biri. Aynan şu jarayonning şaffofligi böyiça esa jamoaviy murojaatda jiddiy eʼtirozlar keltirilgan.


Işdan böşatiş arizalari: ixtiyoriy xohişmi yoki bosim?

Murojaatda keltirilişiça, 2025-yil dekabr oyida Toşkent şahridagi «Barkamol avlod» bolalar maktablarining ayrim direktorlari va xodimlaridan işdan böşaş haqida ariza yozdirilgan. Murojaatçilar bu jarayonda psixologik bosim bölganini taʼkidlagan.

Ularning aytişiça, ayrim rahbarlarga yangi tizimda işlaş yoki lavozimiga qayta tiklaniş imkoniyati berilişi vaʼda qilingan, ammo keyinçalik uşbu vaʼdalar amalga oşmagan. Agar bu holatlar tasdiqlansa, masala oddiy «kadrlar almaşinuvi» emas.

Çunki amaldagi Mehnat kodeksida xodim taşabbusi bilan mehnat şartnomasini bekor qiliş alohida tartibga solingan. Xodimning öz xohişi bilan işdan ketiş haqidagi arizasi haqiqiy irodaga asoslangan bölişi kerak. Iş beruvçi taşabbusi bilan mehnat şartnomasini bekor qiliş esa asoslangan bölişi şart.

Şuning uçun murojaatdagi asosiy savollardan biri:

2025-yil dekabr oyida işdan böşaş haqida ariza yozgan rahbar va xodimlar bu qarorni haqiqatan ham öz xohişi bilan qabul qilganmi?

Bu savolga javob beriş uçun faqat arizaning mavjudligi yetarli emas. Ariza yozilgan şaroit, uning mazmuni, sanasi, mehnat şartnomasini bekor qiliş asosi, buyruq, xodimga berilgan hujjatlar va boşqa dalillar örganilişi kerak.


Ariza 13-dekabr. Buyruq esa 9-dekabr?

Jamoaviy murojaatdagi eng jiddiy eʼtirozlardan biri — hujjatlardagi sanalar örtasidagi ziddiyat. Ayrim işdan böşaş arizalari 2025-yil 13-dekabr sanasi bilan rasmiylaştirilgan bölsa-da, işdan böşatiş buyruqlari 9-dekabr sanasi bilan çiqarilgan.

Agar bu maʼlumot hujjatlar bilan tasdiqlansa, tabiiy savol tuğiladi:

Xodim hali ariza yozmagan sanagaça uni işdan böşatiş haqida buyruq qanday asosda çiqarilgan? Bu yerda gap şunçaki texnik xatolik haqida emasligi ham mumkin.

Amaldagi Mehnat kodeksiga köra, mehnat şartnomasini bekor qiliş işga qabul qiliş huquqiga ega bölgan şaxslar tomonidan amalga oşiriladi va iş beruvçining buyruği bilan rasmiylaştiriladi. Buyruqda mehnat şartnomasini bekor qiliş asosi tegişli huquqiy normaga aniq muvofiq körsatilişi kerak.

Şuning uçun bu yerda ariza sanasi, buyruq sanasi, mehnat şartnomasini bekor qiliş asosi va hujjatlarning röyxatdan ötkaziliş санасини soliştiriş muhim.

Jamoaviy murojaatda ham aynan şu masala alohida tekşiriş uçun qöyilgan.


Yangi direktorlar qanday tanlandi?

«Kelajak» markazlarining direktorlarini tanlaş jarayoni esa murojaatning yana bir katta qismini taşkil etadi. Murojaatda aytilişiça, direktorlik lavozimlari uçun test va suhbatlar ötkazilişi oçiq eʼlon qilingan.

Biroq murojaatçilarning daʼvosiga köra, ayrim holatlarda:

  • test va suhbatda qatnaşmagan şaxslar;

  • belgilangan malaka va iş tajribasi talablariga javob bermaydigan nomzodlar;

  • avvaldan uşbu lavozimda işlab kelgan ayrim şaxslar

direktorlik lavozimlariga tayinlangan bölişi mumkin.

Bu — tasdiqlanişi şart bölgan daʼvolar. Çunki PQ-277-son qarorning özida «Kelajak» markazlari rahbar lavozimlarini munosib nomzodlar orasidan töldiriş vazifasi belgilangan. Şunday ekan, tanlovning özi emas, tanlov qanday ötkazilgani ham muhim.


Testda qatnaşmagan nomzod qanday qilib tayinlangan?

Jamoaviy murojaatda ayrim tumanlar — jumladan, Mirobod, Çilonzor, Yaşnobod, Uçtepa, Sergeli, Yakkasaroy va Yunusobod bilan boğliq holatlarni alohida tekşiriş söralgan.

Murojaatçilar ayrim nomzodlar test yoki suhbat jarayonlarida qatnaşmagani, ayrimlari esa belgilangan malaka talablariga javob bermagani haqida maʼlumot keltirgan.

Agar bu daʼvolar tasdiqlansa, juda muhim savol:

Tanlovdan ötmagan yoki tanlovda iştirok etmagan nomzod qaysi asosda direktorlik lavozimiga tayinlangan?

Bunday holatda javobni subyektiv fikrlardan emas, komissiya bayonnomasi, test natijalari, suhbat protokoli, nomzodning hujjatlari va tayinlov буйруғидан izlaş kerak.


«Bunkerda» ötkazilgan testlar haqidagi daʼvo

Murojaatda yana bir jiddiy holat tilga olingan. Unda 2026-yil 23-may kuni direktorlik lavozimlari uçun ötkazilgan ikki bosqiçli test jarayonlarida ayrim amalda işlab turgan rahbarlar ham qatnaşgani va ularga, murojaatçilar fikriça, asossiz yuqori ballar berilgani aytilgan. Şuningdek, testlar «alohida bunkerda», hammadan yaşirin holda ötkazilgan.

Bu daʼvoning öziyoq ayblov sifatida qabul qilinişi mumkin emas. Ammo bu — tekşiriş mumkin bölgan aniq holat.

Buning uçun:

  • test ötkazilgan joy;

  • iştirokçilar röyxati;

  • test boşlaniş va tugaş vaqti;

  • test natijalari;

  • savollar bazasi;

  • baholaş mezonlari;

  • komissiya bayonnomasi;

  • videokuzatuv yozuvlari mavjud yoki mavjud emasligi

aniqlanişi mumkin.

Agar jarayon oçiq va adolatli ötgan bölsa, bu hujjatlar savollarga javob beradi. Agar aksinça bölsa, unda javobgarlik masalasi ham paydo böladi.


«5 ta til biliş», «xorijda öqigan böliş» — talablar hammaga bir xil qöllanganmi?

Murojaatçilar yana bir masalani kötargan. Ayrim direktorlik nomzodlariga beşta tilni biliş, xorijda taʼlim olgan böliş kabi qöşimça talablar qöyilgani, ammo uşbu talablar barça nomzodlarga bir xil qöllanilmagani haqida daʼvo qilingan. Bu ham jiddiy tekşiruvni talab qiladi.

Çunki tanlovda asosiy mezonlar nomzodlarga oldindan aniq va bir xil maʼlum bölişi kerak.

Agar bir nomzoddan talab qilingan mezon boşqa nomzodga nisbatan qöllanmasa, tanlov natijasining xolisligi haqida savol tuğiladi.

Şu sababli jamoaviy murojaatda: qöşimça talablarning normativ-huquqiy asosi bor-yöqligi va ular barça nomzodlarga bir xil qöllanilgan-qöllanilmaganini tekşiriş talab qilingan.

«Kelajak» markazlari rahbariyatining javobgarligi qayerdan boşlanadi?

776-son qaror bilan «Kelajak» markazlari faoliyatining huquqiy maqomi va boşqaruv tartibi belgilab berilgan. Hujjatda markaz direktorlari va ularni tayinlaş vakolatiga ega bölgan subyektlar ham aniq körsatilgan. Şuning uçun direktorlarni tanlaş va tayinlaş jarayonida kim qanday qaror qabul qilgani ham hujjatlardan körinişi kerak.

Bu yerda jamoatçilikning savoli faqat Indira Xoldorovaga emas.

Savol:

tanlov komissiyasiga, masʼul mansabdorlarga, tegişli hududiy boşqarmalarga va yakuniy tayinlovni amalga oşirgan vakolatli şaxslarga ham taalluqli.

Agar tanlov şaffof ötgan bölsa — uning natijalarini asoslovçi hujjatlarni körsatiş qiyin emas. Yoki xodimlar öz xohişi bilan işdan böşagan bölsa — arizalar va buyruqlar örtasidagi sanalarda ham savol qolmasligi kerak. Agar barça nomzodlarga teng şaroit yaratilgan bölsa — test va suhbat natijalari buni körsatib berişi mumkin.


13 ta talab: endi navbat tekşiruvda

Jamoaviy murojaat mualliflari Ombudsmanga yöllanişi kerak bölgan murojaatida, bir qator holatlarni tekşirişni söragan.

Jumladan:

  • 2025-yil dekabrida rahbar va xodimlarning mehnat şartnomalari bekor qilinişi;

  • 13-dekabr bilan rasmiylaştirilgan arizalar va 9-dekabr sanali buyruqlar örtasidagi tafovut;

  • işdan böşatiş hujjatlarining qonuniyligi;

  • bosim va aldaş bölgan-bölmagani;

  • 2026-yil mart va may oylaridagi direktorlik tanlovlari;

  • test va suhbat natijalari;

  • komissiya bayonnomalari;

  • nomzodlarning malaka talablariga muvofiqligi;

  • test va suhbatda qatnaşmagan şaxslarning tayinlangani haqidagi daʼvolar;

  • korrupsiya va manfaatlar töqnaşuvi haqidagi xabarlar yuzasidan tekşiruv ötkaziş talab qilingan.

Bu talablarning barçasi bitta savolga borib taqaladi:

«Kelajak» markazlari qanday asosda va qanday tamoyillar asosida şakllantirildi? Markazning kelajagi qanday qurilgandi?


Jamoatçilik qanday javob kutayapti?

Yangi tizimning öziga eʼtiroz bildiriş maqsadimiz yöq. Aksinça, yangi tizimdan kutilgan natija — malakali rahbarlar, zamonaviy yondaşuv, şaffof boşqaruv va bolalar uçun sifatli taʼlim muhiti. Lekin bu maqsadga erişiş uçun tizimning özi ham işonçli asosda qurilişi kerak.

Işdan böşatişda — qonun.

Tanlovda — tenglik.

Tayinlovda — malaka.

Komissiya işida — şaffoflik.

Korrupsiya haqidagi xabarlarda — xolis tekşiruv.

Jamoaviy murojaatda kötarilgan masalalarning barçasi aynan şu tamoyillarga borib taqaladi.

Şu bois biz ham uşbu murojaatda keltirilgan har bir daʼvoni haqiqat deb emas, tekşirilişi lozim bölgan holat deb baholaymiz.

Ammo bu savollarni çetlab ötiş ham mumkin emas. Çunki «Kelajak» markazlari — davlat tizimi. U yerdagi rahbarlik lavozimlari — davlat lavozimlari.

U yerda işlagan odamlarning mehnat huquqlari — qonun bilan himoyalangan huquqlar.

Şuning uçun jamoatçilikning savoli juda aniq:

«Kelajak» markazlarini taşkil etiş jarayonida «Barkamol avlod» tizimida işlab kelgan rahbar va xodimlarning huquqlari qay darajada taʼminlandi?

Va yana bir savol:

Direktorlik lavozimlariga ötkazilgan tanlovlar haqiqatan ham barça nomzodlar uçun teng, oçiq va şaffof ötkazilganmi?

Bu savollarga javobni rasmiy bayonot sifatida emas, balki hujjatlarga tayangan huquqiy, oçiq maʼlumot sifatida berişlişi zarur.

EFFECT.UZ uşbu masala yuzasidan Respublika «Kelajak» markazi direktori Indira Xoldorova, Taʼlim va ilm-fan vazirligi, Adliya vazirligi şuningdek, vakolatli organlarning rasmiy munosabatini kutadi.

Agar murojaatda keltirilgan holatlar asossiz bölsa — buni hujjatlar bilan körsatiş mumkin. Agar ular tasdiqlansa — qonun doirasida tegişli çora körilişi kerak. Çunki «Kelajak»ni quriş — avvalo işonçni qurişdan boşlanadi.

Ulashish:

O'xshash yangiliklar

«Kelajak»ning kelajagi qanday qurilgandi? | Effect.uz