Siyosat

«Kelajak» markazlari: Ota-onalar farzandlari kelajagini nega “Kelajak”ka işonmayapti?

Akmal Eshonxonov79 ko'rishlar
«Kelajak» markazlari: Ota-onalar farzandlari kelajagini nega “Kelajak”ka işonmayapti?

«Kelajak» markazlari atrofidagi savollar tobora köpaymoqda. Avvalgi materiallarimizda ota-onalar badalidan şakllanadigan mablağlar, ularning 10 foizini Respublika «Kelajak» markazi jamğarmasiga yönaltiriş masalasi hamda Samarqand viloyatidagi moliyaviy hisob-kitoblar haqida savollar kötargan edik. Keyin esa «Barkamol avlod» tizimidan «Kelajak» markazlariga ötiş jarayonida xodimlar va direktorlar bilan boğliq jamoaviy murojaatda keltirilgan daʼvolarni ham jamoatçilik eʼtiboriga havola qildik.

Endi esa masalaning yana bir muhim jihatiga eʼtibor qaratişga töğri kelmoqda. Bu safar gap pulning qayerga yönaltirilgani emas, natija qanday baholanayotgani haqida.

Çunki rasmiy statistikada 2025-yil sentyabr oyi bilan 2026-yil sentyabr oyi körsatkiçlari taqqoslanganda, respublika böyiça tögaraklarga jalb qilingan öquvçilar soni 365 486 nafardan 155 567 nafarga tuşgan. Yaʼni bir yilda 209 919 nafar öquvçiga yoki 57,4 foizga kamayiş qayd etilgan. Axir, bu oddiy raqamlar emas.

Ayniqsa, yangi tizimning asosiy vazifalaridan biri bolalarni qöşimça taʼlimga keng jalb qiliş ekanini hisobga olsak, bunday keskin özgarişning sabablari jiddiy örganilişi kerak.

Ammo bu yerda yana bir savol paydo böladi:

Bolalar qamrovi şunça keskin kamaygan bir paytda «Kelajak» markazlari rahbarlarining faoliyati qanday baholangan?


Xoldorova rahbar bölgaç, körsatkiçlar pasaydimi: Aniq sabab bormi?

Respublika «Kelajak» markazi direktori lavozimiga Indira Xoldorova 2025-yil 18-sentyabrda tayinlangan. Şundan keyin 2026-yil davomida «Kelajak» markazlari tizimi amalda işlay boşladi. Biroq bizdagi 2025 va 2026-yil sentyabr oylari böyiça körsatkiçlar soliştirilganda, tögaraklarga jalb qilingan öquvçilar soni respublika miqyosida 365 486 nafardan 155 567 nafarga tuşgan.

Yaʼni bir yilda 209 919 nafar öquvçi kamaygan — 57,4 foizlik pasayiş qayd etilgan.

Albatta, bu raqamning özi Indira Xoldorovaning rahbarlik faoliyati uşbu pasayişga sabab bölganini isbotlamaydi. Buning uçun markazlarning işlaş mexanizmi, hududlar kesimidagi özgarişlar, tögaraklar faoliyati va boşqa omillar alohida tahlil qilinişi kerak. Ammo rahbarlik samaradorligi haqida savol beriş uçun raqamlarning özi yetarliça jiddiy signal beradi.

Tölov qimmatlaşgani ham qamrovga taʼsir qilganmi?

Bu yerda yana bir muhim omil bor — ota-onalar tölovi. Prezidentning 2025-yil 8-sentyabrdagi PQ-277-son qarorida «Kelajak» markazlariga belgilangan minimal miqdordan yuqori ota-onalar tölovini ota-onalar bilan kelişgan holda oşiriş imkoniyati berilgan. Şu qarorda 2026-yil 1-yanvardan tölovlarning minimal miqdorlarini qayta körib çiqiş belgilangan.

Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 10-dekabrdagi 776-son qarori bilan esa tölov miqdorlari aniq belgilab berildi. Xususan, 2026-yil 1-yanvardan Toşkent şahrida BHMga nisbatan 30 foiz, viloyatlar markazlarida 25 foiz belgilangan bölsa, 2026-yil 1-sentyabrdan bu körsatkiçlar mos ravişda 60 va 50 foizga oşirildi.

Bu juda muhim nuqta. Çunki biz aynan 2025-yil sentyabr va 2026-yil sentyabr körsatkiçlarini soliştiryapmiz. Demak, taqqoslanayotgan davrning oxiriga kelib, ota-onalar uçun tölov miqdori yana oşgan.

Şunday ekan, savol tuğiladi:

tölovlarning oşişi öquvçilar qamrovining keskin qisqarişiga taʼsir qilganmi? Agar taʼsir qilgan bölsa, uning hududlar kesimidagi taʼsiri qança bölgan? Masalan, Jizzaxda qamrov 80,7 foizga, Toşkent şahrida 72,3 foizga, Surxondaryoda 70,9 foizga, Sirdaryoda 68,6 foizga, Farğonada esa 67,5 foizga kamaygan.

Bu pasayişlarning qaysi qismi taşkiliy özgarişlar, qaysi qismi tölov miqdorining oşişi, qaysi qismi boşqa omillar bilan boğliq? Buni markazning tahlili körsatişi kerak.

209 919 nafar öquvçi qayerga «yöqoldi»?

Respublika böyiça örtaça pasayiş 57,4 foizni taşkil etgan bölsa-da, hududlardagi vaziyat bir xil emas. Ayrim hududlarda kamayiş 30–40 foiz atrofida bölgan. Boşqa hududlarda esa körsatkiç 70–80 foizdan oşib ketgan. Eng oğir natija Jizzax viloyatida qayd etilgan. 2025-yil sentyabrida tögaraklarga jalb qilingan 20 602 nafar öquvçi 2026-yil sentyabrida 3 981 nafar bölib qolgan.

Kamayiş — 16 621 nafar yoki 80,7 foiz.

Toşkent şahrida — 72,3 foiz.

Surxondaryoda — 70,9 foiz.

Sirdaryoda — 68,6 foiz.

Farğonada — 67,5 foiz.

Bu hududlarning barçasida pasayiş respublikadagi örtaça 57,4 foizlik körsatkiçdan yuqori.

Tabiiy savol tuğiladi:

Nima sababdan?

Yangi tizimga ötiş jarayonida tögaraklar qisqardimi? Pedagoglar bilan taʼminlaşda muammo böldimi? Tögaraklar faoliyatida uzilişlar yuz berdimi? Hisobot metodikasi özgardimi? Yoki bolalarni qamrab olişning öziga yondaşuv özgardimi? Bu savollarga raqamning özi javob bermaydi. Ammo raqamlar jiddiy tekşiruv uçun yetarliça asos beradi.


Eng köp kamayiş qayerda?

Foiz — bir mezon. Ammo absolyut raqam ham muhim. Respublika böyiça umumiy 209 919 nafarlik kamayişning katta qismi ayrim hududlar hissasiga töğri kelgan.

Masalan, Samarqand va Farğona viloyatlarining har birida 24 mingdan ortiq öquvçi kamaygan. Surxondaryoda esa pasayiş 23 225 nafarni taşkil etgan. Uşbu uç hududning özi respublika böyiça umumiy kamayişning qariyb 34,5 foizini taşkil qiladi.

Demak, vaziyatni örganişda faqat Jizzaxdagi 80,7 foizlik pasayişga emas, balki bolalar soni eng köp qisqargan Samarqand, Farğona va Surxondaryo, Qaşqadaryo, Toşkent viloyatiga ham jiddiy eʼtibor qaratiş lozim.


Andijondagi holat esa boşqa savolni örtaga çiqaradi

Qiziği, barça hududlarda ham pasayiş bir xil darajada emas. Andijon viloyatida tögaraklarga jalb qilingan öquvçilar soni 20 539 nafardan 14 531 nafarga tuşgan.

Kamayiş — 29,3 foiz. Bu respublikadagi eng past pasayiş körsatkiçi.

Buxoroda — 33,9 foiz,

Navoiyda — 41,4 foiz,

Qoraqalpoğiston Respublikasida — 42,3 foiz.

Ayniqsa, Andijon misoli eʼtiborli. Çunki bu yerda tögaraklar soni 633 tadan 833 taga oşgan, ammo tögaraklarga jalb qilingan bolalar soni aksinça 6 008 nafarga kamaygan.

Demak, tögaraklar sonining köpayişi avtomatik ravişda bolalar qamrovi oşganini anglatmaydi. Bu esa bizga yana bir narsani körsatadi: «Kelajak» markazlarining natijadorligini baholaşda faqat tögaraklar soniga qarab xulosa çiqariş mumkin emas.


Endi eng muhim savol: KPI?

Masalaning asosiy nuqtasi şu yerda. Prezidentning 2025-yil 8-sentyabrdagi PQ-277-son qarori bilan «Kelajak» markazlari direktorlari faoliyatini eng muhim samaradorlik körsatkiçlari — KPI asosida baholaş belgilangan.

Yaʼni rahbarning faoliyati şunçaki «yaxşi işladi» yoki «yomon işladi» degan subyektiv xulosa bilan emas, muayyan körsatkiçlar asosida baholanişi kerak. Şunday ekan, respublika böyiça bolalar qamrovi 57,4 foizga kamaygan bir paytda jamoatçilik uçun juda muhim savol paydo böladi:

«Kelajak» markazlari direktorlari 2026-yilda qaysi KPI körsatkiçlari asosida baholandi?

Ularning KPI natijasi qança böldi?

Qamrov uşbu KPIlar tarkibiga kiritilganmi?

Agar kiritilgan bölsa, uning umumiy bahodagi uluşi qança?

Agar kiritilmagan bölsa, nima uçun?


KPI yuqori bölsa — ustama ham yuqori

Bu savolning ahamiyati şundaki, gap faqat qoğozdagi reyting haqida ketmayapti.

Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 10-dekabrdagi 776-son qarori bilan «Kelajak» markazlarining rahbar va pedagog xodimlarini moddiy rağbatlantiriş mexanizmi ham belgilangan.

Unga köra, Jamğarma mablağlari hisobidan direktor va direktor örinbosarlariga lavozim maoşining 5 baravarigaça, boşqa xodimlarga esa 8 baravarigaça har oylik ustama berilişi mumkin.

Bu yerda yana bir muhim jihat bor. Ustama avtomatik tarzda berilişi kerak emas.

Qarorda uşbu jarayon uçun Işçi guruh taşkil etilişi va hududiy markazlarning ustama tayinlaş böyiça talabnomalari şu guruh tomonidan körib çiqilişi belgilangan. Demak, har bir ustamaning ortida muayyan asos bölişi kerak:

qaysi natija?

qaysi KPI?

qaysi baholaş?

qaysi Işçi guruh qarori?

qaysi vazir buyruği?


80,7 foizlik pasayişga qaramay yuqori KPI oliş mumkinmi?

Masalan, Jizzax viloyatini olaylik. Bir yilda tögaraklarga jalb qilingan öquvçilar soni 20 602 nafardan 3 981 nafarga tuşgan. Bu — 80,7 foizlik pasayiş.

Endi savol:

Jizzax viloyati «Kelajak» markazlari rahbarlarining KPI natijasi qanday baholangan?

Ular yuqori KPI körsatkiçiga erişganmi? Agar erişgan bölsa — qaysi körsatkiçlar hisobidan? Qamrov 80,7 foizga tuşgan bölsa, uşbu körsatkiç KPIda qança salmoqqa ega bölgan?

Agar qamrov asosiy körsatkiçlardan biri bölmasa — rahbarning samaradorligi nimalar asosida ölçangan?

Xuddi şu savol Toşkent şahri, Surxondaryo, Sirdaryo va Farğona rahbariyatiga nisbatan ham qöyilişi mumkin.


«5 baravarigaça» — lekin kimga va nima uçun?

Bu yerda yana bir muhim jihatni alohida taʼkidlaş kerak. 776-son qarorda direktorga aynan 5 baravar ustama beriladi, deb yozilmagan. Qarorda «5 baravarigaça» degan çegara belgilangan.

Demak, 2 baravar, 3 baravar, 4 baravar yoki 5 baravar miqdorda ustama belgilangan bölsa, ularning har biri uçun asos bölişi kerak.

Şuning uçun:

2026-yilda qaysi hududning «Kelajak» markazi direktoriga qança miqdorda ustama berilgan va bu miqdor qaysi KPI natijasi asosida belgilangan?

Bu maʼlumotlarni oçiqlaş ortiqça talab emas. Aksinça, davlat mablağlari va davlat tizimidagi rağbatlantiriş mexanizmi haqida jamoatçilikka hisobdorlikning oddiy talabidir.


Işçi guruh qarorlari qayerda?

Agar ustama beriş uçun Işçi guruh qaror qabul qilişi kerak bölsa, unda yana bir qator savollar paydo böladi.

Işçi guruh kimlardan iborat?

2026-yilda qaysi hududlar böyiça qança talabnoma körib çiqilgan?

Qaysi direktorga qanday miqdorda ustama tavsiya qilingan?

Qaysi KPI natijasi bunga asos bölgan?

Işçi guruh qarorlari rasmiylaştirilganmi?

Ular asosida vazirning qanday buyruqlari çiqarilgan?

Agar bu hujjatlar mavjud bölsa, ular jamoatçilikka tuşunarli şaklda taqdim etilişi mumkin. Şunda barça savollarga raqamlar va hujjatlar javob beradi.


Qamrov tuşdi — natijadorlik oşdimi?

Bu yerda biz heç kimni ayblayotganimiz yöq. Aksinça, masalani aniqlaştirişni sörayapmiz. Çunki qamrovning pasayişi avtomatik ravişda rahbarning yomon işlaganini isbotlamaydi. Yangi tizimga ötişda hisobot metodikasi özgargan bölişi mumkin.

Tögaraklarni hisoblaş tartibi özgargan bölişi mumkin. Pedagoglar bilan taʼminlaşda muammolar bölgan bölişi mumkin.

Muassasalar qayta taşkil etilgani sababli maʼlum bir davrda qamrov pasaygan bölişi mumkin. Bularning barçasi örganilişi kerak.

Ammo xuddi şuning uçun KPI mezonlari oçiq bölişi kerak. Çunki agar tizimda bolalar qamrovi pasaysa-yu, rahbarlarning KPI natijasi yuqori bölsa, jamoatçilik bu ikki holat örtasidagi farqni tuşunişga haqli.


Vazirlik va “Kelajak” markaziga savollar

EFFECT.UZ quyidagi savollarni yöllaydi:

1. «Kelajak» markazlari direktorlarining 2026-yil uçun tasdiqlangan KPI mezonlari nimalardan iborat?

2. Uşbu KPIlarning har biri umumiy baholaşda qanday uluşga ega?

3. Bolalarni tögaraklarga jalb qiliş qamrovi KPI tarkibiga kiritilganmi?

4. Agar kiritilgan bölsa, uning uluşi qança?

5. Respublika böyiça qamrov 57,4 foizga kamaygan bir paytda hududiy direktorlarning KPI natijalari qanday bölgan?

6. Jizzaxda qamrov 80,7 foizga kamaygan holda direktorning KPI bahosi qança bölgan?

7. 2026-yilda har bir hududiy direktorga qança miqdorda ustama belgilangan?

8. Ustama belgilaş böyiça Işçi guruhning qarorlari qayerda?

9. Har bir ustama qaysi KPI natijasiga asoslangan?

10. Qamrov keskin pasaygan hudud rahbarlariga yuqori miqdorda ustama berilgan bölsa, bu qanday mezonlar bilan izohlanadi?


Gap ustamada emas. Gap — mezonda.

«Kelajak» markazlari taşkil etilganiga hali köp vaqt bölgani yöq. Şuning uçun tizimning barça kamçiliklarini bir yillik statistika asosida keskin baholaş ham töğri emas. Ammo davlat tizimida yangi mexanizm joriy etilgan ekan, uning natijasi ham ölçanişi kerak.

Agar rahbarlarga ustama berilayotgan bölsa — nima uçun berilayotgani tuşunarli bölişi kerak.

Agar KPI asosida baholanayotgan bölsa — KPI qanday ekani oçiq bölişi kerak.

Agar bolalar qamrovi kamaygan bölsa — nega kamaygani tuşuntirilişi kerak.

Agar ayrim hududlarda 70–80 foizlik pasayiş kuzatilgan bölsa — bu raqamlar ortida nima turgani örganilişi şart.

Çunki davlat tizimida eng muhimi — ustamaning özi emas, uning mezoni.

Jamoatçilikni qiziqtirayotgan savolga yagona:

Bolalar qamrovi keskin kamaygan bir paytda «Kelajak» markazlari rahbarlari qaysi natijasi uçun yuqori KPI va ustama olmoqda?

Bu savolga eng yaxşi javob — bayonot emas. KPI mezonlari, baholaş natijalari, Işçi guruh qarorlari va ustama belgilaşga asos bölgan hujjatlar. EFFECT.UZ uşbu masala böyiça tegişli idoralarning rasmiy munosabatini kutadi.

Ulashish:

O'xshash yangiliklar

«Kelajak» markazlari: Ota-onalar farzandlari kelajagini nega “Kelajak”ka işonmayapti? | Effect.uz