Özbekiston delegatsiyasining AQŞga taşrifi doirasida Prezident Şavkat Mirziyoyevning ingliz tilida naşr etilgan «Yangi Özbekistonning “yaşil” taraqqiyot yöli» kitobi Garvard universiteti kutubxonasiga taqdim etildi.
Şuningdek, delegatsiya tomonidan «Şavkat Mirziyoyev — jahon miqyosidagi davlat va siyosat arbobi», «Mustaqillik zafarnomasi» hamda «Yangi Özbekiston: tinçlik, insonparvarlik va bağrikenglik diyori» kitob-albomlari ham topşirilgan.

Taşrifda Oliy Majlis huzuridagi Fuqarolik jamiyati institutlarini qöllab-quvvatlaş jamoat fondi, Barqaror rivojlaniş markazi, Toşkent şahar xotin-qizlarni qöllab-quvvatlaş markazi va Xalqaro Business Diplomat missiyasi vakillari iştirok etgan.

Garvard universitetining noyob kitoblar va qölyozmalarga ixtisoslaşgan Xouton kutubxonasi vakili Kristina Jeykobsonning taʼkidlaşiça, mazkur naşrlar xalqaro ilmiy muhitda Özbekiston haqidagi maʼlumotlarni kengaytirişga xizmat qilişi mumkin.
Naşrlarning Garvard kutubxonasi fondiga kiritilişi Özbekistonning zamonaviy taraqqiyot yöli, tarixi va davlat siyosatiga oid manbalarning xalqaro akademik muhitda taqdim etilişi nuqtayi nazaridan ahamiyatli.




