Qatar Taşqi işlar vazirligi Diplomatiya institutida taşkil etilgan uşbu anjumanni Özbekiston Respublikasining Qatar Davlatidagi elçisi Aşraf Xöjayev, Qatar davlat vaziri, Qatar Milliy kutubxonasi raisi doktor Hamad bin Abdulaziz al-Kavoriy hamda Qatar Sivilizasiyalar alyansi qömitasi vakili doktor Ahmad bin Hasan al-Hammodiy qutlov sözlari bilan oçib berdi. Doktor Hamad bin Abdulaziz al-Kavoriy öz nutqida Movarounnahr zamini Imom Buxoriy, Imom Termiziy, Imom Moturidiy, Xorazmiy, Beruniy, Ibn Sino va Mirzo Uluğbek kabi insoniyat taraqqiyotiga beqiyos hissa qöşgan daholarni dunyoga keltirganini alohida ta’kidlab, Toşkentda şunday muhtaşam markazni bunyod etganligi uçun Özbekiston rahbariyatiga minnatdorlik bildirdi.
Taqdimot doirasida Özbekistondagi Islom sivilizasiyasi markazi direktori Firdavs Abduxoliqov «Islom sivilizasiyasi markazi: missiyasi, loyihalari va hamkorlik yönalişlari» mavzusida ma’ruza qildi. U öz nutqida Markaz oldida turgan tört asosiy vazifa — boy merosni asraş, örganiş, yangi bilimlar bilan boyitiş hamda uni kelgusi avlodlarga yetkaziş muhimligini qayd etdi. Şuningdek, davlatimiz rahbari tomonidan buyuk ajdodlar merosini asraş va tadqiq etiş davlat siyosati darajasiga kötarilgani aytib ötildi.
Seminarning asosiy qismida Movarounnahr allomalarining jahon ilm-fani va islom madaniyatiga qöşgan hissasiga bağişlangan ma’ruzalar tinglandi. Xususan, Şayx Abdulaziz Mansur Mushafi Usmonning tarixiy ahamiyati haqida söz yuritgan bölsa, Qatar universiteti vakillari doktor Ibrohim al-Ansoriy hamda doktor Muhammad al-Musleh Qur’on, hadis va Imom Termiziyning «Sunan» asari örnini yoritib berdilar. Xorazm Ma’mun akademiyasi raisi Ikrom Abdullayev esa Xorazmiy va Beruniy merosining jahon sivilizasiyasidagi örniga töxtaldi. Bundan taşqari, professor Oişa al-Mannaiy, doktor Solih al-Marriy va professor Izzuddiyn Ma’miyşlar islomda mötadillik va sivilizasiyalararo muloqot masalalari böyiça ma’ruza qildilar.
Tadbir doirasida Markaz naşrlari körgazmasi ham taşkil etilib, iştirokçilarga boy manbalar bilan tanişiş imkoniyati yaratildi. Yakuniy sessiyada ikki mamlakat örtasida qölyozmalarni raqamlaştiriş, arab tilini örgatiş, qöşma tadqiqotlar ötkaziş va madaniy-ma’rifiy aloqalarni yanada mustahkamlaş böyiça kelişib olindi.
Dohada Özbekistondagi Islom sivilizasiyasi markazi taqdimoti va xalqaro ilmiy seminar ötkazildi
Akmal Eshonxonov17 ko'rishlar

Ulashish:
O'xshash yangiliklar

Madaniyat
O‘zbekistonning “Darg‘om” va “Shohrud” kanallari Jahon irrigatsiya merosi reyestriga kiritildi
15-oktabr, 2026, 12:3362

Madaniyat
Bag‘dodning qulashi: mo‘g‘ullar yo‘q qilgan bilimlar va qonli tarix
14-oktabr, 2026, 12:01244

Madaniyat
Jarqo'tonda bronza davriga oid bolaning qabri topildi
12-oktabr, 2026, 17:5259

Madaniyat
Parijda Amir Temur tavalludining 690 yilligiga bag‘ishlangan xalqaro konferensiya bo‘lib o‘tdi
11-oktabr, 2026, 21:2256