Samarqand viloyatidan Effect.uzʼga yetib kelgan hujjatlar «Kelajak» markazlari faoliyati böyiça javob talab qiladigan bir qator savollarni örtaga çiqarmoqda. Bir tomonda — ota-onalar badalidan tuşgan mablağlarning 10 foizini Respublika «Kelajak» markazi jamğarmasiga ötkaziş talabi. Ikkinçi tomonda esa — 2025-yil dekabrida 48 mingdan ortiq bölgan öquvçilar qamrovining 2026-yil sentyabriga kelib 18,7 ming nafarga tuşib ketgani. Eng muhimi, 10 foizlik hisob-kitob 2025-yil 1-oktyabrdan boşlangani körsatilgan. Bu esa «Kelajak» markazlarining huquqiy va moliyaviy faoliyati qaçondan boşlangani haqida jiddiy savol tuğdiradi.
Maktabdan taşqari taʼlim tizimida «Kelajak» markazlarini taşkil etiş ğoyasi bolalarning böş vaqtini mazmunli taşkil etiş, ularni tögaraklarga keng jalb qiliş va tizimni yangi bosqiçga olib çiqiş maqsadida ilgari surilgan, lekin markaz amalda qanday natija körsatdi? Bu böyiça markaz direktori Indira Xoldorova jamoatçilikka hisobot bera oladimi?
2025-yil 8-sentyabrda qabul qilingan Prezidentning PQ-277-son qarorida «Barkamol avlod» bolalar maktablari negizida tegişli hududiy va tuman-şahar «Kelajak» markazlarini taşkil etiş nazarda tutilgan. Şu qarorda «Kelajak» markazlarini qöllab-quvvatlaş jamğarmasi mablağlarini şakllantiriş manbalari qatorida markazlarga ota-onalar badali tölovlaridan tuşgan mablağlarning 10 foizi ham belgilangan.
Demak, 10 foizlik ajratmaning özi qonunçilikda nazarda tutilgan. Ammo masalaning eng muhim nuqtasi bu emas.
Gap — uşbu 10 foiz qaysi davrdagi va qaysi taşkilotga tuşgan mablağlarga nisbatan hisoblangani haqida.
2025-yil 1-oktyabrdan boşlangan 10 foizlik hisob-kitob
Samarqand viloyatidagi «Kelajak» markazlariga yuborilgan xatda 2025-yil 1-oktyabrdan 2026-yil 1-martgaça bölgan davrda ota-onalar badalidan tuşgan mablağlar haqida maʼlumot beriş söralgan.

Xatga ilova qilingan jadvalda Samarqand viloyati böyiça mazkur davrda ota-onalar badalidan tuşgan mablağlarning umumiy miqdori:
2 milliard 130 million 536 ming 232 söm deb körsatilgan.
Şundan 10 foizi:
213 million 53 ming 623 söm atrofida. Yaʼni Respublika «Kelajak» markazi huzuridagi jamğarmaga qariyb 213 million söm ötkazilişi kerak. Bu yerda eʼtiborli jihat — xatda hisob-kitob davri 2025-yil 1-oktyabrdan boşlangan.

Holbuki, «Kelajak» markazlari faoliyatini tartibga soluvçi asosiy mexanizmlar keyinçalik, jumladan, Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 10-dekabrdagi 776-son qarori bilan batafsil tartibga solingan. Uşbu qarorda «Kelajak» markazlari «Barkamol avlod» bolalar maktablari negizida taşkil etilişi, markazlarni qöllab-quvvatlaş jamğarmasi va markazlardagi ota-onalar tölovlaridan foydalaniş tartibi tasdiqlangan. Şuningdek, ota-onalar tölovining belgilangan miqdorlari 2026-yil 1-yanvardan amalga kiritilgan.

Şu nuqtada tabiiy savol paydo böladi:
2025-yil 1-oktyabrdan 31-dekabrgaça bölgan davrda ota-onalar badalidan tuşgan mablağlarning huquqiy maqomi qanday bölgan?
Agar uşbu mablağlar öşa davrda «Barkamol avlod» bolalar maktablari faoliyati doirasida şakllangan bölsa, ularni keyinçalik «Kelajak» markazlarini qöllab-quvvatlaş jamğarmasiga 10 foiz sifatida ötkazişning aniq huquqiy asosi nimadan iborat?
Bu savolga javob berilişi kerak.
Raqamlar esa yanada jiddiy savollarni örtaga çiqarmoqda
Samarqand viloyati «Kelajak» markazining 2026-yil sentyabr holatiga tayyorlangan asosiy körsatkiçlar jadvalida öquvçilar qamrovi böyiça 2025 va 2026-yillar taqqoslangan.
Unda:
2025-yil dekabr — 48 134 nafar;
2026-yil yanvar — 37 750 nafar;
2026-yil sentyabr — 18 702 nafar.
Demak, 2025-yil dekabridan 2026-yil sentyabrigaça Samarqand viloyatidagi «Kelajak» markazlari qamrovi 29 432 nafarga kamaygan. Foiz hisobida bu taxminan 61,1 foizlik pasayiş degani.

Yana bir raqam diqqatni tortadi: 2026-yil yanvarining özida qamrov 37 750 nafarga tuşgan. Yaʼni bir oy içida 10 384 nafarlik kamayiş qayd etilgan. Sentyabrga kelib esa raqam yanada qisqargan.
Ayrim hududlardagi farq esa juda katta
Masalan:
Samarqand şahri — 5 170 nafardan 582 nafarga;
Urgut tumani — 4 360 nafardan 940 nafarga;
Pastdarğom tumani — 4 120 nafardan 1 362 nafarga;
Pastaça tumani — 3 040 nafardan 620 nafarga;
Iştixon tumani — 2 270 nafardan 600 nafarga;
Kattaqörğon tumani — 3 800 nafardan 1 830 nafarga;
Narpay tumani — 3 300 nafardan 1 424 nafarga tuşgan.
Bu raqamlar, agar ikki davr statistikasi bir xil hisoblaş metodikasi asosida şakllantirilgan bölsa, alohida tuşuntirişni talab qiladi.

Nega yangi tizimga ötiş jarayonida qamrov ayrim hududlarda ikki-uç baravarga qisqardi?
Buning sababi nimada?
Öquvçilar haqiqatan ham tögaraklarni tark etdimi?
Ota-onalar badali miqdori oşgani taʼsir qildimi?
Taşkilotlar qayta röyxatdan ötkazildimi?
Yoki 2025 va 2026-yil statistikasini hisoblaş metodikasi özgardimi?
Agar metodika özgargan bölsa, bu ham oçiq tuşuntirilişi kerak. Qiziği, bu hali respublika emas — faqat Samarqand
Eng muhim jihat şundaki, biz hozirça faqat bir viloyat raqamlarini körib çiqyapmiz. Samarqand viloyatining özida 2025-yil dekabrida 48 mingdan ortiq bölgan qamrov 2026-yil sentyabriga kelib 18,7 ming nafarga tuşgan.
Endi respublika böyiça xuddi şu maʼlumotlar — Qoraqalpoğiston, Toşkent şahri va barça viloyatlar kesimida taqqoslansa, qanday manzara paydo bölişi qiziq.
Agar respublika miqyosida ham şunday tendensiya mavjud bölsa, bu oddiy statistik özgariş emas, balki «Kelajak» markazlariga ötiş jarayonining samaradorligi böyiça jiddiy tahlilni talab qiladi.
Zero, Prezident qarorida tizimning asosiy maqsadlaridan biri bolalarni maktabdan taşqari taʼlimga kengroq jalb etiş ekani belgilangan. Qarorda öquvçilarning maktabdan taşqari taʼlim muassasalariga jalb etilganligi böyiça maʼlumotlar bazasini tizimli şakllantiriş va yuritiş ham nazarda tutilgan.
Şunday ekan, yangi tizimga ötilganidan keyin qamrovning keskin pasayişi jamoatçilikka tuşuntirilişi kerak bölgan masala.

Yana bir savol: pul bor, ammo natija?
776-son qaror bilan «Kelajak» markazlarini qöllab-quvvatlaş jamğarmasi taşkil etilgan va ota-onalar tölovidan tuşgan mablağlarning 10 foizi uşbu jamğarmaga yönaltirilişi belgilangan. Jamğarma mablağlari markazlarning moddiy-texnika bazasini yangilaş, binolarni quriş va taʼmirlaş, jihozlar, kompyuterlar va boşqa zarur vositalar bilan taʼminlaş kabi maqsadlarga sarflanişi nazarda tutilgan.
Bu yerda ham jamoatçilik uçun oçiq bölişi kerak bölgan savollar bor:
2026-yil davomida jamğarmaga qança mablağ tuşdi?
Ularning qançasi hududlarga qaytarildi?
Qaysi markazlarga qança mablağ ajratildi?
Qaysi jihozlar xarid qilindi?
Qaysi binolar taʼmirlandi?
Uşbu mablağlarning samaradorligi kim tomonidan nazorat qilinmoqda?
Çunki ota-onalardan yiğilayotgan mablağ — şunçaki kiçkina emas. Bu bolasining taʼlimi uçun tölov qilayotgan oilaning puli. Şuning uçun har bir sömning qayerga ketgani oçiq bölişi jamoatçilikning qonuniy talabi.
Xodimlar masalasi ham oçiq qolmoqda
Masala faqat ota-onalar tölovida emas. Mavjud maʼlumotlarga köra, «Barkamol avlod» bolalar maktablarida işlab kelgan xodimlarning iş haqi 2026-yil yanvaridan «Kelajak» markazlari böyiça hisoblangan.
Agar bu maʼlumot rasmiy buyruqlar, ştat jadvali, tarifikatsiya va iş haqi hisob-kitoblari bilan tasdiqlansa, yana bir muhim savol:
Agar «Kelajak» markazlari böyiça mehnatga haq tölaş 2026-yil yanvaridan boşlangan bölsa, nima uçun uşbu markazlar jamğarmasi uçun ota-onalar badalidan tuşgan mablağlar 2025-yil 1-oktyabrdan hisoblangan?
Bu yerda bir xil yondaşuv bölişi kerak:
daromad qaysi sanadan boşlab «Kelajak»niki hisoblangan bölsa, xarajat va majburiyatlarning huquqiy maqomi ham xuddi şu davr bilan uyğun bölişi kerak emasmi?
Albatta, buning aniq javobini moliyaviy va huquqiy hujjatlar belgilaydi.
Eng katta savol — «Kelajak» markazlari nimani özgartirdi?
Yangi tizimdan kutilgan natija nima edi? Köproq bola qamrovi. Sifatli tögaraklar. Zamonaviy jihozlar. Malakali mutaxassislar. Ota-onalar uçun şaffof va tuşunarli tölov tizimi. Moliyaviy mablağlarning oçiq va maqsadli sarflanişi. Ammo hozirça Samarqand misolida jamoatçilik oldida boşqa raqamlar turibdi:
48 134 nafar öquvçi — 18 702 nafar öquvçi.
2 milliard 130 mln söm — ota-onalar badalidan tuşgan mablağ.
213 million söm — 10 foizlik jamğarma ajratmasi.
Va eng muhimi:
10 foizlik hisob-kitob 2025-yil 1-oktyabrdan boşlangan.
Mana şu raqamlarning har biri öz izohini talab qiladi.
Respublika «Kelajak» markazi javob berişi kerak bölgan savollar
Şu munosabat bilan Respublika «Kelajak» markazi rahbariyati Indira Xoldorovadan quyidagi savollarga aniq va hujjatli javob oliş muhim:
2025-yil 1-oktyabrdan 31-dekabrgaça ota-onalar badalidan tuşgan mablağlarning huquqiy maqomi qanday bölgan?
Nima asosda 2025-yil 1-oktyabrdan boşlab uşbu mablağlarning 10 foizi «Kelajak» markazlarini qöllab-quvvatlaş jamğarmasi uçun hisoblangan?
Samarqand viloyati böyiça hisoblangan 2,13 milliard söm mablağ amalda jamğarmaga ötkazilganmi?
2025-yil oktyabr–dekabr oylarida tuşgan mablağlar qaysi yuridik şaxsning hisobvarağiga kelib tuşgan?
2026-yil yanvaridan «Kelajak» markazlari böyiça iş haqi hisoblangan xodimlarning 2025-yil oktyabr–dekabr oylaridagi mehnat faoliyati qaysi taşkilot ştati va qaysi moliyalaştiriş manbasi hisobidan amalga oşirilgan?
Nega Samarqand viloyatida öquvçilar qamrovi 2025-yil dekabridagi 48 134 nafardan 2026-yil sentyabrida 18 702 nafarga tuşib ketgan?
Qamrovning 61 foizdan ortiq pasayişiga nima sabab bölgan?
2025 va 2026-yillarda öquvçilarni hisoblaş metodikasi bir xil bölganmi?
Respublika böyiça 2025-yil dekabr va 2026-yil sentyabr holatidagi umumiy qamrov qança?
2026-yil davomida «Kelajak» markazlarini qöllab-quvvatlaş jamğarmasiga respublika miqyosida qança mablağ tuşgan va uşbu mablağlarning qançasi qanday maqsadlarga sarflangan?
Bu savollar javobsiz qolmasligi kerak. Çunki. gap şunçaki bir taşkilotning içki hisob-kitobi haqida emas. Gap — bolalarning maktabdan taşqari taʼlimi, ota-onalarning mablaği va davlat tomonidan yaratilgan yangi tizimning amalda qanday işlayotgani haqida.
«Kelajak» markazlari haqiqatan ham bolalar uçun yangi imkoniyatlar eşigini oçdimi?

Yoki tizim özgardi, nomlar özgardi, moliyaviy mexanizmlar özgardi-yu, ammo natija kutilganidek bölmadimi? Hozirça Samarqand viloyatidan kelayotgan raqamlar bu savollarga ijobiy javob bermayapti.
Aksinça, yanada köproq savol tuğdirmoqda.
Endi navbat — Respublika «Kelajak» markazi direktori Indira Xoldorova, Taʼlim va ilm-fan vazirligi – Erkin Turdimovda.
Jamoatçilikka raqamlar emas, raqamlarning ortida turgan haqiqiy manzara tuşuntirilişi kerak.





