Bektemir tumanida Nexia 3 yo‘lovchisi qo‘g‘irchoq ichida 1 kiloga yaqin giyohvandlik moddasi olib ketayotgani aniqlandi. Ushbu moddani Farg‘onadan sotish maqsadida olib kelishda gumonlanmoqda. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
Toshkent shahri Bektemir tumanida ichiga gashish giyohvandlik moddasi yashirilgan o‘yinchoqni olib ketayotgan ayol ushlandi, - deya xabar bermoqda Toshkent viloyati IIBB. Ma’lum qilinishicha, IIBB Kiberjinoyatlarga qarshi kurashish boshqarmasi va Nurafshon shahri IIB xodimlari internet tarmog‘idagi ma’lumotlar asosida tezkor-qidiruv tadbiri o‘tkazgan.
Jarayonda Bektemir tumani hududida harakatlanayotgan Nexia 3 avtomobil to‘xtatilib tekshirilgan. Tekshiruv davomida mashina yo‘lovchisi — 56 yoshli G. A. ismli ayolning buyumlari orasidagi bolalar qo‘g‘irchog‘i xodimlar e’tiborini tortib, uning og‘irligi shubha uyg‘otgan. O‘yinchoq ichi ko‘zdan kechirilganda, unga 8 dona 100−150 grammdan alohida qadoqlangan, o‘tkir hidli to‘q jigarrang gashish moddasi yashirilgani aniqlangan.
Dastlabki surishtiruvga ko‘ra, ayol ushbu giyohvandlik vositalarini Farg‘ona viloyatidan sotib olib, Toshkent shahrida sotish maqsadida olib kelayotgan bo‘lgan. Nexia 3 haydovchisi esa Yandex xizmati orqali taksilik bilan shug‘ullangani va yo‘lovchi ayolni birinchi marta ko‘rib turgani ma’lum bo‘lgan. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan bo‘lib, giyohvandlik moddalarining kelib chiqish manbasini aniqlash bo‘yicha surishtiruv ishlari davom etmoqda.
IIBB O‘zbekiston qonunchiligiga ko‘ra, giyohvandlik vositalarining noqonuniy muomalasi uchun 20 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi nazarda tutilganini eslatdi.
Toshkentda ayol qo‘g‘irchoq ichiga gashish yashirib olib ketayotganlikda gumonlanib qo‘lga olindi
Administrator5 soat oldin33 ko'rishlar

Ulashish:
O'xshash yangiliklar

O'zbekiston
O‘zbekistonda sanoatni eng yaxshi mavjud texnologiyalarga o‘tkazishning amaliy mexanizmlari muhokama qilindi
1 soat oldin6

O'zbekiston
Baxtiyor Saidov Marko Rubio bilan O‘zbekiston va AQSH tarixiga bag‘ishlangan ko‘rgazmada ishtirok etdi
2 soat oldin22

O'zbekiston
O‘zbekiston va AQSH kengaytirilgan strategik sheriklik muloqotining birinchi yig‘ilishini o‘tkazdi
5 soat oldin20

O'zbekiston
O‘zbekiston — AQSH munosabatlari: 11 yil ichida nimalar o‘zgardi?
18-oktabr, 2026, 15:4143