O'zbekiston

Baxtiyor Saidov Marko Rubio bilan O‘zbekiston va AQSH tarixiga bag‘ishlangan ko‘rgazmada ishtirok etdi

Administrator1 soat oldin20 ko'rishlar
Baxtiyor Saidov Marko Rubio bilan O‘zbekiston va AQSH tarixiga bag‘ishlangan ko‘rgazmada ishtirok etdi

Ko‘rgazmadan ikki xalq o‘rtasidagi ilmiy va madaniy aloqalarning boy tarixini aks ettiruvchi eksponatlar o‘rin olgan.

O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov AQSH Davlat kotibi Marko Rubio bilan birgalikda "C5+1" vazirlar uchrashuvi doirasida tashkil etilgan "O‘zbekiston va AQSH: asrlar va qit’alar osha mushtarak tarix" ko‘rgazmasida ishtirok etdi. Bu haqda Baxtiyor Saidov o‘zining ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, ko‘rgazmadan ikki xalq o‘rtasidagi ilmiy va madaniy aloqalarning boy tarixini aks ettiruvchi eksponatlar o‘rin olgan. Ular orasida Ahmad al-Farg‘oniyning ilmiy merosi, amerikalik yozuvchi Edgar Allan Poning Amir Temurga bag‘ishlangan she’riy to‘plami, shuningdek, amerikalik sayohatchilarning O‘zbekiston haqidagi asarlari bor.

Shuningdek, ko‘rgazmada 1973-yilda yo‘lga qo‘yilgan Toshkent va Sietl shaharlari o‘rtasidagi birodarlik aloqalariga oid materiallar ham namoyish etilgan.

Vazirning ta’kidlashicha, mushtarak tarixni chuqur o‘rganish va keng targ‘ib qilish O‘zbekiston va AQSH xalqlari o‘rtasidagi o‘zaro anglashuvni mustahkamlash, ilm-fan va madaniyat sohalaridagi hamkorlikni yanada rivojlantirishga xizmat qiladi

Ulashish:

O'xshash yangiliklar

Baxtiyor Saidov Marko Rubio bilan O‘zbekiston va AQSH tarixiga bag‘ishlangan ko‘rgazmada ishtirok etdi | Effect.uz