Giyohvandlik — bugungi kunda jamiyat taraqqiyoti, aholi salomatligi va yosh avlod kelajagiga jiddiy tahdid solayotgan global muammolardan biri. U insonning jismoniy va ruhiy salomatligiga salbiy ta’sir ko‘rsatibgina qolmay, oilalar tinchligiga putur yetkazib, jinoyatchilikning ortishiga va ijtimoiy barqarorlikning buzilishiga sabab bo‘ladi.
Giyohvandlik vositalarining noqonuniy aylanmasiga qarshi kurashish esa huquqni muhofaza qiluvchi organlar oldida turgan muhim vazifalardan hisoblanadi.
Xususan, Davlat xavfsizlik xizmati va Ichki ishlar vazirligi xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda katta miqdordagi narkotik modda savdosiga chek qo‘yildi.
Jumladan, 1972 va 1976-yillarda tug‘ilgan 2 nafar qo‘shni davlat fuqarosi sof og‘irligi 2 kg 18 gr bo‘lgan “opiy” moddasini aylanma yo‘llar orqali mamlakatimiz hududiga olib kirib, Toshkent viloyatida shartli xaridorga 20 ming AQSH dollariga sotgan vaqtlarida ashyoviy dalilllar bilan ushlandi.
Hozirda ularga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Qo‘shni davlatdan kelgan narkosavdogarlar ushlandi
Administrator15-oktabr, 2026, 16:2150 ko'rishlar

Ulashish:
O'xshash yangiliklar

Jamiyat
Milliardlab so‘mlik mulk, soxta uskunalar va olib qo‘yilgan akvapark: хorazmlik tadbirkorlar adolat kutmoqda
11 soat oldin44

Jamiyat
Daxlsizlik huquqini buzganlik uchun jinoiy javobgarlik belgilandi
15-oktabr, 2026, 14:5952

Jamiyat
O‘zbekistonda erta nikoh va FHDYOdan o‘tmasdan diniy nikoh marosimini o‘tkazganlik uchun jarimalar oshirildi
15-oktabr, 2026, 14:3178

Jamiyat
Prezident siyosatiga qarshimisiz? Urganchda “Yashil makon”ga berilgan yerda issiqxona qad rostladi. Hokim bundan hech kim zarar koʻrmasligini aytyapti
14-oktabr, 2026, 20:0768