Prezident nikoh yoshi va nikoh tuzish tartibi to‘g‘risidagi qonunchilikni buzganlik uchun jazolarni kuchaytirishni nazarda tutuvchi qonunni imzoladi. Yangi normalar 14-oktabrdan kuchga kirdi.
Endilikda jarimalar quyidagicha belgilanadi:
Voyaga yetmagan shaxs bilan amalda nikoh munosabatlariga kirishganlik uchun — 4,4 mln so‘mdan 6,6 mln so‘mgacha. Ilgari jarima 2,2 mln so‘mdan 4,4 mln so‘mgacha edi.
Voyaga yetmagan shaxsni nikoh yoshiga yetmasdan turmushga berish yoki uylantirish uchun ota-onalar yoki ularning o‘rnini bosuvchi shaxslarga 8,8 mln so‘mdan 11 mln so‘mgacha jarima solinadi. Ilgari bu miqdor 3,08 mln so‘mdan 6,6 mln so‘mgacha bo‘lgan.
Nikohni davlat ro‘yxatidan o‘tkazmasdan diniy nikoh marosimini o‘tkazganlik uchun 13,2 mln so‘mdan 22 mln so‘mgacha jarima belgilanadi. Bu, jumladan, marosimda voyaga yetmagan shaxs ishtirok etgan holatlarga ham taalluqli. Ilgari jarima 6,6 mln so‘mdan 13,2 mln so‘mgacha edi.
Shuningdek, noqonuniy nikohlar haqida xabar bergan shaxslarga belgilangan shartlarga rioya qilingan taqdirda, undirilgan jarimaning 15 foizigacha miqdorda mukofot berilishi nazarda tutilgan.
O‘zbekistonda erta nikoh va FHDYOdan o‘tmasdan diniy nikoh marosimini o‘tkazganlik uchun jarimalar oshirildi
Administrator5 soat oldin62 ko'rishlar

Ulashish:
O'xshash yangiliklar

Jamiyat
Qo‘shni davlatdan kelgan narkosavdogarlar ushlandi
3 soat oldin28

Jamiyat
Daxlsizlik huquqini buzganlik uchun jinoiy javobgarlik belgilandi
4 soat oldin37

Jamiyat
Prezident siyosatiga qarshimisiz? Urganchda “Yashil makon”ga berilgan yerda issiqxona qad rostladi. Hokim bundan hech kim zarar koʻrmasligini aytyapti
23 soat oldin65

Jamiyat
Aktyor sud binosida akasini urishganini aytib, Prezidentga murojaat qildi
14-oktabr, 2026, 16:16605