⚠️ ATTENTION: The site is running in test mode!⚠️ ATTENTION: The site is running in test mode!
Uzbekistan

“Mana shunday mikrofoni bor (jurnalist) lar oldimga kirmasin” — Xorazm prokurori yana OAVga “qaynoq” munosabatini koʻrsatdi

Administrator45 min ago3 views

Xorazm viloyati prokurori Murodjon Ahmedov Effect.uz muxbiri Muhammadali Qazoqovga nisbatan jamoat joyida bildirgan munosabati bilan yana bahslarga sabab boʻldi.

Prokuror jurnalistning qoʻlidagi mikrofonni nazarda tutib, “mana shunday mikrofoni borlar qabulga kirmasin”, degan mazmunda fikr bildirib, uni kamsitishga uringan. Eʼtiborlisi, bu prokurorning Effect.uz va uning jurnalistlariga munosabati bilan bogʻliq birinchi bahsli holat emas.

Avvalroq Murodjon Ahmedov Effect.uz rahbari Akmal Eshonxonov bilan ham tortishgan. Oʻshanda prokuror Eshonxonovga “ogʻayni” deya murojaat qilgan va unga fuqaroning murojaati yuzasidan “advokatimisiz?” mazmunida savol bergan.

Eshonxonov esa prokurorga qonunlar hamma uchun bir xil ishlashi kerakligini taʼkidlab, tortishuvdan koʻra, qonuniy kuchga kirgan sud qarorining ijrosini taʼminlash muhimligini bildirgan.

Prezident Shavkat Mirziyoyev bir necha bor OAV vakillarining qonuniy, xolis va adolatli faoliyatini qoʻllab-quvvatlab, jurnalistlarning erkin ishlashi uchun sharoit yaratish davlat siyosatining muhim yoʻnalishlaridan biri ekanini taʼkidlagan.

Xususan, davlat rahbari 2023-yil fevral oyida Qashqadaryo viloyati faollari bilan uchrashuvda mamlakatda ochiqlik va oshkoralik siyosati ortga qaytmasligini bildirgan.

Shu nuqtayi nazardan, Xorazm viloyati prokurorining jurnalistlarga nisbatan “mikrofoni borlar qabulga kirmasin” degan mazmundagi munosabati jamoatchilikda savol uygʻotishi tabiiy.

“Hamma aytadi [OAVlarni] yopib qoʻy, deb. Yoʻq, yopmayman. Yana oldingiday prokuror, SNB (MXX) tekshiruvchi boʻlaversinmi? Biz niyatimizga yetdikmi? Birimiz ikki boʻldimi? Shuning uchun erkinlik nafasi, ommaviy axborot vositalarini doʻst bilishimiz kerak”, — degan edi Prezident.

Share:

Related News

“Mana shunday mikrofoni bor (jurnalist) lar oldimga kirmasin” — Xorazm prokurori yana OAVga “qaynoq” munosabatini koʻrsatdi | Effect.uz