Society

Andijonda 837 kişi soxta işga joylaştirilib, kambağallik reyestridan çiqarilgan

Akmal Eshonxonov23 views
Andijonda 837 kişi soxta işga joylaştirilib, kambağallik reyestridan çiqarilgan

Andijon viloyati Marhamat tumanidagi «Marhamat agropilla» MÇJ rahbari hamda tuman Kambağallikni qisqartiriş va bandlikka kömaklaşiş bölimi boşliği örinbosari 837 nafar fuqaroni soxta ravişda işga joylaştirgan. Holat yuzasidan jamiyat rahbari jinoiy jazoga tortildi.

Sud hukmida keltirilişiça, «Marhamat agropilla» MÇJ rahbari A.A. va tuman Kambağallikni qisqartiriş va bandlikka kömaklaşiş bölimi boşliği örinbosari Ş.J. özaro til biriktirib, ijtimoiy reyestrda röyxatda turgan 837 nafar fuqaroning şaxsga doir maʼlumotlarini noqonuniy ravişda yiğgan.

Şundan söng ular fuqarolarni «Marhamat agropilla» MÇJga işga qabul qilingani, 2025-yil may-oktyabr oylarida jamiyatda işlagani va ularga 6,3 million söm iş haqi hisoblangani haqida soxta maʼlumotlar kiritgan.

Natijada yuzlab fuqarolar iş bilan taʼminlanganlik vaji bilan kambağallik reyestridan çiqarilgan. Oqibatda reyestrdagi 78 nafar fuqaroga tölanişi lozim bölgan moddiy yordam pullari berilmay qolgan.

A.A. sudda öz aybiga iqror bölib, qilmişidan puşaymonligini bildirgan va yengillik söragan.

Jinoyat işlari böyiça Marhamat tuman sudi hukmi bilan A.A. Jinoyat kodeksining 141²-moddasi 2-qismi «a, g» bandlari, 28, 205-moddasi 2-qismi «a» bandi hamda 28, 209-moddasi 1-qismi bilan aybli deb topilgan.

Unga iş haqining 20 foizini davlat daromadiga undiriş şarti bilan bir yil axloq tuzatiş işlari jazosi tayinlangan.

Share:

Related News

Andijonda 837 kişi soxta işga joylaştirilib, kambağallik reyestridan çiqarilgan | Effect.uz