Fuqarolarni xorijga işga joylaştirişda xususiy bandlik agentliklarining roli kengaytiriladi. Endi yuqori daromadli işga joylaştirilgan har bir fuqaro uçun agentlikka 1,5 million söm rağbat puli tölanadi.
Prezident Şavkat Mirziyoyev fuqarolarni xorijda iş bilan taʼminlaş tizimini xususiy sektorga töliq ötkaziş rejalaştirilayotganini maʼlum qildi.
Yangi tizimda eng işonçli xususiy bandlik agentliklari xorijga işga yuboriş jarayonida asosiy masʼul böladi.
Ularning faoliyatini rağbatlantiriş maqsadida yuqori daromadli işga joylaştirilgan har bir fuqaro uçun 1,5 million sömdan tölaş belgilanmoqda.
Şuningdek, yoşlarni xorijda talab yuqori bölgan kasb va tillarga öqitiş uçun texnikum binolarining bir qismi bepul ijaraga beriladi.
Çet eldan jalb qilingan öqituvçi va ekspertlar uçun ijtimoiy soliq 1 foiz etib belgilanadi. Öquv jarayoni uçun zarur uskuna va jihozlar esa bojxona bojidan ozod qilinadi. Yangi tartibda xususiy bandlik agentliklari faoliyati töliq şaffoflaştirilib, ularning reytingi yuritiladi.
Bunda asosiy mezon faqat fuqaroni xorijga yuboriş emas, balki uning haqiqatan işga joylaşgani, mehnat huquqlari taʼminlangani, munosib daromad topişi va kafolatli ijtimoiy taʼminotga ega bölişi hisoblanadi.
Yaʼni agentliklar endi yuborilgan odamlar soni bilan emas, fuqarolarni qanday işga va qanday şaroitda joylaştirgani bilan baholanadi.




