Qorong‘i rejim
Jamiyat

Xorazmda metan şoxobçasidagi «Damas» olib qoçildi

Akmal Eshonxonov56 ko'rishlar
Xorazmda metan şoxobçasidagi «Damas» olib qoçildi

Xorazm viloyati Urganç tumanidagi metan şoxobçasi kutiş maydonida qarovsiz qoldirilgan «Damas» avtomaşinasini olib qoçgan şaxs uşlandi.

Maʼlum qilinişiça, voqea 14-noyabr kuni sodir bölgan. 2000-yilda tuğilgan J.J. avtomaşinasini «Anjirçilar» mahallasidagi metan şoxobçasida oçiq va qarovsiz qoldirgan. Bundan foydalangan şaxs transport vositasini olib qoçgan.

Tezkor-qidiruv tadbirlari davomida avtomaşinani 1998-yilda tuğilgan N.J. olib qoçgani aniqlangan. U maşinani mast holatda boşqarib, Yangibozor tumanidagi avtomoyka yonida qulflangan holda qoldirgan va voqea joyidan yaşiringan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 267-moddasi 1-qismi bilan jinoyat işi qözğatilgan. Gumonlanuvçiga nisbatan qamoqqa oliş ehtiyot çorasi qöllanilgan. Hozirda tergov harakatlari davom etmoqda.

Eslatib ötamiz, uşbu moddada beş yildan ön yilgaça ozodlikdan mahrum qiliş jazosi nazarda tutilgan.

Ulashish:

O'xshash yangiliklar

Xorazmda metan şoxobçasidagi «Damas» olib qoçildi | Effect.uz