⚠️ DIQQAT: Sayt test rejimida ishlamoqda!⚠️ DIQQAT: Sayt test rejimida ishlamoqda!
Jamiyat

TURKSOY va Islom sivilizatsiyasi markazi: yangi hamkorlik bosqichi boshlandi

Administrator6 soat oldin6 ko'rishlar
TURKSOY va Islom sivilizatsiyasi markazi: yangi hamkorlik bosqichi boshlandi

Turkiy dunyo integratsiyasi yangi bosqichga chiqmoqda — Toshkent muhim markazga aylanmoqda.

Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi direktori Firdavs Abduxoliqov Turkiy madaniyat xalqaro tashkiloti — TURKSOY rahbariyati bilan uchrashuv oʻtkazdi.

Muzokaralar davomida turkiy tilli davlatlar oʻrtasida madaniy-gumanitar hamkorlikni kengaytirish, ilm-fan va taʼlim sohalarida qoʻshma tashabbuslarni amalga oshirish hamda amaliy aloqalarni mustahkamlash masalalari muhokama qilindi.

Tomonlar madaniy merosni asrash va targʻib qilish turkiy davlatlar oʻrtasidagi oʻzaro ishonch va hamjihatlikni mustahkamlashda muhim omil ekanini taʼkidladilar.

Uchrashuvda Oʻzbekistonda amalga oshirilayotgan islohotlar, xususan, Prezident Shavkat Mirziyoyev rahbarligidagi tashabbuslar turkiy dunyoda integratsiya jarayonlariga yangi surʼat bagʻishlayotgani qayd etildi. Shu nuqtayi nazardan, Toshkentda barpo etilgan Islom sivilizatsiyasi markazi yirik ilmiy-maʼrifiy maskan sifatida eʼtirof etildi.

Shuningdek, joriy yilda amalga oshirilishi rejalashtirilgan qoʻshma tadbirlar muhokama qilindi. Jumladan, 2026-yilda ilk bor Oʻzbekistonda Turkiy tilli davlatlar yoshlari forumini oʻtkazish boʻyicha kelishuvga erishildi.

Mazkur forum oktyabr oyida boʻlib oʻtishi rejalashtirilgan boʻlib, unda iqtisodiyot, madaniyat, taʼlim va sport sohalarida yutuqlarga erishgan 300 nafarga yaqin yoshlar ishtirok etishi kutilmoqda.

TURKSOY bosh kotibi oʻrinbosari Sayid Yusuf Oʻzbekiston va turkiy davlatlar oʻrtasidagi aloqalar izchil mustahkamlanib borayotganini taʼkidlab, bu jarayonda Oʻzbekistondagi Islom sivilitsiyasi markazining oʻrni alohida ekanini qayd etdi.

Muzokaralar yakunida tomonlar ilmiy va madaniy hamkorlikni yanada kengaytirishga tayyor ekanliklarini bildirdilar.

Ulashish:

O'xshash yangiliklar

TURKSOY va Islom sivilizatsiyasi markazi: yangi hamkorlik bosqichi boshlandi | Effect.uz