24-noyabr kuni kutilayotgan yomğirlar sababli Özbekistonning toğoldi va toğli hududlarida sel-suv toşqinlari yuzaga kelişi mumkin. Bu haqda Gidrometeorologiya xizmati agentligi tezkor ogohlantiriş bilan çiqdi.
Xususan, Toşkent viloyatining Ohangaron, Böstonliq, Parkent, Piskent, Örtaçirçiq va Yuqoriçirçiq tumanlari, şuningdek, Angren va Olmaliq şaharlarida sel keliş xavfi mavjud.
Şu munosabat bilan toğoldi va toğli hududlarda yaşovçi fuqarolar, dam oluvçilar hamda mazkur hududlar orqali harakatlanuvçi haydovçilardan ehtiyot çoralarini köriş söraldi.
Şuningdek, respublikaning ayrim hududlarida yomğir suvlari töplanişi va buning oqibatida ayrim joylarni suv bosişi ehtimoli bor.
Fuqarolardan ob-havo şaroitini inobatga oliş, sel kelişi mumkin bölgan hududlar va suv oqimlari yaqinida ehtiyot böliş söralmoqda.




