Qorong‘i rejim
Jamiyat

Toşkentda 9 nafar narkokuryer qölga olindi

Akmal Eshonxonov26 ko'rishlar
Toşkentda 9 nafar narkokuryer qölga olindi

Toşkent şahrida giyohvandlik moddalarining noqonuniy aylanmasiga qarşi ötkazilgan tezkor tadbirlar davomida 9 nafar şaxs qölga olindi. Ularning orasida talabalar ham borligi maʼlum qilindi.

Içki işlar vazirligi maʼlumotiga köra, tezkor tadbirlar natijasida qölga olingan şaxslardan 2 kilogrammdan ortiq mefedron, MDMA va kokain musodara qilingan.

Huquqni muhofaza qiluvçi organlar hisob-kitobiga köra, musodara qilingan narkotik moddalarning noqonuniy tarqatilişiga yöl qöyilmagani natijasida 105 ming doza giyohvandlik vositasining tarqalişi oldi olingan.

Qölga olinganlar yuzasidan tergovga oid boşqa tafsilotlar, jumladan, ularning moddalarni qayerdan olgani va tarqatiş tarmoğiga aloqador şaxslar haqida hozirça maʼlumot berilmagan.

Ulashish:

O'xshash yangiliklar

Toşkentda 9 nafar narkokuryer qölga olindi | Effect.uz