Jahon

Turkiyadagi o‘zbekistonliklar noqulay ob-havo sabab ogohlantirildi

Administrator3 soat oldin8 ko'rishlar
Turkiyadagi o‘zbekistonliklar noqulay ob-havo sabab ogohlantirildi

Istanbul, Yalova va Kojaeli viloyatlarida kuchli yomg‘ir va shamol sabab suv toshqinlari xavfi yuzaga kelishi mumkin. O‘zbekistonliklardan ehtiyot choralariga rioya qilish so‘raldi.

O‘zbekistonning Istanbuldagi Bosh konsulxonasi Turkiyaning Istanbul, Yalova va Kojaeli viloyatlarida yashayotgan hamda vaqtincha bo‘lib turgan o‘zbekistonliklarni ob-havo sharoitining yomonlashishi munosabati bilan ogohlikka chaqirdi.

Bosh konsulxona maʼlumotiga ko‘ra, kuchli yomg‘ir, shamol va noqulay ob-havo sharoitlari suv toshqinlari, yo‘llarda harakatlanishning qiyinlashishi hamda boshqa favqulodda holatlar xavfini keltirib chiqarishi mumkin.

Shu munosabat bilan fuqarolarga zarurat bo‘lmasa, uzoq masofalarga safar qilmaslik, kuchli yog‘ingarchilik vaqtida suv to‘planishi mumkin bo‘lgan pastqam hududlar, yerosti yo‘llari va tunnellardan uzoqroq bo‘lish tavsiya etildi.

Shuningdek, dengiz sohillari, daraxtlar, elektr uzatish tarmoqlari va mustahkam o‘rnatilmagan konstruksiyalar yaqinida ehtiyotkor bo‘lish, avtomobil boshqarishda tezlikni kamaytirish va xavfsiz masofani saqlash so‘raldi.

Bosh konsulxona fuqarolarni Turkiyaning vakolatli idoralari tomonidan eʼlon qilinayotgan rasmiy ogohlantirish va tavsiyalarga amal qilishga, o‘z xavfsizligi hamda yaqinlari salomatligiga alohida eʼtibor qaratishga chaqirdi.

Ulashish:

O'xshash yangiliklar

Turkiyadagi o‘zbekistonliklar noqulay ob-havo sabab ogohlantirildi | Effect.uz