Toşkent şahrining Yaşnobod tumanida köp qavatli uyning 5-qavatidan tuşib ketgan 10 yoşli bolaning ahvoli barqarorlaşgan. Hozirda uning holati örtaça oğir deb baholanmoqda. Bu haqda Soğliqni saqlaş vazirligi xabar berdi.
Maʼlum qilinişiça, 2016-yilda tuğilgan bola 22-noyabr kuni döstlari bilan berkinmaçoq öynayotgan vaqtda uyning çordoğiga yaşiringan. Ehtiyotsizlik oqibatida u yerdan pastga tuşib ketgan.
Bola oğir ahvolda tez tibbiy yordam maşinasida Toşkent şahar 2-bolalar jarrohlik klinik şifoxonasiga olib kelingan va reanimatsiya bölimiga yotqizilgan.
Şifoxona travmatologi Ismat Niğmatovning maʼlum qilişiça, bolada boş miya çayqalişi, har ikki öpka va buyrakning lat yeyişi, çap qöl yelka suyagining siljiş bilan sinişi hamda öng son suyagining sinişi aniqlangan.
Şifokorning aytişiça, hozirda bolaning ahvoli barqaror, kundan kunga yaxşilanib bormoqda. Davolaş muolajalari belgilangan reja asosida olib borilmoqda.
Eslatib ötamiz, 2023-yilda ham Toşkentda köp qavatli uyning derazasidan 6 yoşli bola tuşib ketgandi. U oğir ahvolda şifoxonaga olib borilib, operatsiya qilingan.




