Qaşqadaryoda ijtimoiy tarmoq orqali tanişgan ayolning şaxsiy suratlarini tarqatiş bilan qörqitib, undan pul talab qilgan erkak uşlandi. Bu haqda Içki işlar vazirligi xabar berdi.
Maʼlum qilinişiça, Toşkent viloyatida yaşovçi, muqaddam sudlangan erkak TikTokʼdagi «18+» sahifasi orqali Qaşqadaryo viloyati Kasbi tumanida yaşovçi, 1993-yilda tuğilgan ayol bilan tanişgan. U ayolga uylaniş niyati borligini bildirib, işonçiga kirgan va bir neçta şaxsiy suratlarini qölga kiritgan.
Keyinçalik erkak uşbu suratlarni uyatsiz tasvirlarga aylantirib, ijtimoiy tarmoqlarda tarqatiş bilan tahdid qilgan. Şu yöl bilan ayoldan öz plastik kartasiga pul ötkazişni talab qilgan.
Qaşqadaryo viloyati IIB xodimlari ötkazgan tezkor tadbir davomida gumonlanuvçi qölga olingan. Holat yuzasidan unga nisbatan Jinoyat kodeksining 165-moddasi 1-qismi (tovlamaçilik) bilan jinoyat işi qözğatilib, qamoqqa olingan.
Eslatib ötamiz, avvalroq Farğona viloyatining Toşloq tumanida ham ayol tanişining şaxsiy maʼlumotlarini oşkor qiliş bilan qörqitib, undan 20 million söm talab qilgani haqida xabar berilgan edi.




