Bahodir Jörayev «Özbekiston milliy elektr tarmoqlari» AJ boşqaruvi raisi etib tayinlandi. Uşbu lavozimda u avval energetika vazirining birinçi örinbosari bölgan Abdumalik Nazirovning örnini egalladi.
Tayinlov haqida Energetika vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.
Bahodir Jörayev yangi lavozimga tayinlanguniga qadar, 2023-yil iyul oyidan buyon «Issiqlik elektr stansiyalari» AJ boşqaruvi raisi sifatida faoliyat yuritgan.
U 1966-yilda Navoiy viloyatida tuğilgan. 1990-yilda Toşkent davlat politexnika institutini «Elektr stansiyalari» mutaxassisligi böyiça tamomlagan. Mehnat faoliyatini ham şu yili Navoiy GRESda boşlagan. U yerda katta elektromontyor, smena boşliği va elektr sexi boşliğining taʼmirlaş böyiça örinbosari lavozimlarida işlagan.
2000-yilda Navoiy IES elektr qismi ekspluatatsiyasi böyiça boş muhandis örinbosari etib tayinlangan. 2001–2002-yillarda boş muhandis vazifasini bajargan, 2002–2006-yillarda esa uşbu lavozimda doimiy asosda işlagan.
2006–2009-yillarda Navoiy IESga rahbarlik qilgan. 2009–2013-yillarda Navoiy şahri hokimi bölgan.
2013–2019-yillarda Navoiy kon-metallurgiya kombinatining tarmoqlar va podstansiyalar sexiga rahbarlik qilgan. 2019–2023-yillarda «Issiqlik elektr stansiyalari» AJ boşqaruvi raisining işlab çiqariş, mahalliylaştiriş va sanoatda kooperatsiya aloqalarini kengaytiriş böyiça birinçi örinbosari lavozimida işlagan.
2023-yil iyul oyida esa mazkur kompaniya boşqaruvi raisi etib tayinlangan.




