Samarqand viloyati Pastdarğom tumanida maktab va maktabgaça taʼlim taşkilotlariga qişki mavsum uçun kömir yetkazib berişda foydalanilgan 60 tonnalik avtomobil tarozisi metrologik tekşiruvdan ötkazilmagani aniqlandi.
Maʼlum bölişiça, bu holat fuqaro murojaati asosida Texnik jihatdan tartibga soliş sohasida nazorat inspeksiyasining Samarqand viloyati bölimi tomonidan ötkazilgan nazorat tadbiri davomida aniqlangan.
Örganişlar «D.S» oilaviy korxonasida olib borilgan. Korxona maktab va maktabgaça taʼlim taşkilotlariga qişki mavsum uçun kömir yetkazib berişda mazkur tarozidan foydalangan.
Amaldagi talablarga köra, ölçaş vositalari belgilangan tartibda metrologik tekşiruvdan ötkazilgan bölişi lozim.
Nazorat tadbiri davomida aniqlangan qonunbuzilişi yuzasidan korxona rahbariga nisbatan maʼmuriy bayonnoma rasmiylaştirilib, sudga yuborilgan.
Pastdarğom tuman sudi korxona rahbariga nisbatan maʼmuriy jarima tayinlagan. Mazkur holat esa maktab va boğçalar uçun yetkazib berilayotgan kömirning miqdori qanday ölçangani va hisob-kitoblar qançalik aniq amalga oşirilgani haqida savollarni ham yuzaga keltiradi.




