Qaşqadaryo viloyatining Yakkaboğ tumanidagi xususiy zavod ruxsatnomasiz kömir qazib oliş va sotişga uringan. Şuningdek, konga yöl quriş jarayonida 33 tup daraxt va qariyb 3 ming tup buta ildizi bilan qöporilgan.
Viloyat IIB maʼlumotiga köra, «Mega Asia Salt and Quartz» zavodi mansabdorlari faqat geologik örganiş uçun berilgan ruxsatnoma asosida Zarmas kömir kondan noqonuniy qazib oliş bilan şuğullangan.
Tezkor tadbirda korxona xodimi 500 tonna kömirni 350 million sömga sotişga kelişib, kelişilgan puldan 50 million sömni olayotgan vaqtda aşyoviy dalillar bilan uşlangan.
Tekşiruvda konga yöl quriş bahonasida 24 tup Zarafşon arçasi, 9 tup uçqat daraxti va qariyb 3 ming tup buta nobud qilingani aniqlangan. Tabiatga yetkazilgan zarar 480 million sömdan oşgan.
Holat yuzasidan korxona rahbari va boşqalarga nisbatan Jinoyat kodeksining 229-moddasi hamda 198-moddasi 3-qismi bilan jinoyat işi qözğatilgan. Hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.




