Jamiyat

Özbekistonda AES reaktorlarining yadroviy xavfsizlik talablari belgilandi

Akmal Eshonxonov13 ko'rishlar
Özbekistonda AES reaktorlarining yadroviy xavfsizlik talablari belgilandi

Özbekistonda atom elektr stansiyalari reaktor qurilmalarining yadroviy xavfsizligi böyiça yangi qoidalar davlat röyxatidan ötkazildi. Bu haqda Adliya vazirligi xabar berdi.

5-noyabrda röyxatdan ötkazilgan hujjatda AES qurilişi, ekspluatatsiyasi va avariyalarning oldini olişga qaratilgan talablar belgilangan.

Unga köra, quriliş boşlanişidan oldin reaktorning xavfsizlik tizimlari loyihalaştirilişi, avariyalarning aholi salomatligi va atrof-muhitga ehtimoliy taʼsiri örganilişi şart.

Şuningdek, xavfsizlik tizimlari muntazam sinovdan ötkaziladi, reaktor quvvati esa bosqiçma-bosqiç oşiriladi. Xodimlar uçun avariya holatlarida harakat qiliş böyiça maxsus maşğulotlar ham taşkil etiladi.

Eslatib ötamiz, Şavkat Mirziyoyev 16-oktyabr kuni investorlar bilan uçraşuvda Özbekistonda birinçi AES qurilişi boşlangani, ikkinçi va uçinçi atom elektr stansiyalarini quriş ham rejalaştirilayotganini maʼlum qilgan edi.

Ulashish:

O'xshash yangiliklar

Özbekistonda AES reaktorlarining yadroviy xavfsizlik talablari belgilandi | Effect.uz