Jamiyat

Jarima 60 kun içida tölanmasa, avtomobil jarima maydonçasiga olib ketilişi mumkin

Akmal Eshonxonov8 ko'rishlar
Jarima 60 kun içida tölanmasa, avtomobil jarima maydonçasiga olib ketilişi mumkin

Özbekistonda 2027-yil 7-yanvardan yöl harakati qoidalarini buzganlik uçun belgilangan jarimani 60 kun içida tölamagan haydovçilarning avtomobili jarima maydonçasiga joylaştirilişi mumkin.

Yangi tartibga köra, jarima tegişli qaror çiqarilgan kundan boşlab 60 kun içida tölanişi şart. Qaror ustidan berilgan şikoyat yoki protest qanoatlantirilmasa, tölov uçun xabar berilgan kundan boşlab 30 kun muddat beriladi.

Muddat ötib, qarzdorlik tölanmasa, avtomobil haqidagi maʼlumotlar YHXX xodimlarining elektron tizimlarida paydo böladi. Xodimlar qöşimça maʼmuriy bayonnoma tuzmasdan transport vositasini jarima maydonçasiga olib ketişi mumkin.

Biroq haydovçi jarimani töxtatilgan joyning özida mobil ilova, elektron tölov tizimi yoki bank orqali töliq tölasa, avtomobil jarima maydonçasiga joylaştirilmaydi. Agar maşina olib ketilgan bölsa, uni qaytariş uçun qarzdorlikni tölaş va elektron ruxsatnoma rasmiylaştiriş talab etiladi.

Şuningdek, jarimani muddatidan oldin tölaş imtiyozlari saqlanadi: qaror topşirilganidan keyin 15 kun içida jarimaning 50 foizi yoki 30 kun içida 70 foizi tölansa, qolgan qismi tölanmaydi. Bu imtiyozlar qonunda belgilangan ayrim holatlarga tatbiq etilmaydi.

Mazkur tartib Içki işlar vazirining 2026-yil 4-sentyabrdagi buyruği bilan tasdiqlangan yöriqnomada belgilangan. Hujjat 5-noyabr kuni 3969-raqam bilan davlat röyxatidan ötkazilib, 6-noyabrda eʼlon qilingan.

Ulashish:

O'xshash yangiliklar

Jarima 60 kun içida tölanmasa, avtomobil jarima maydonçasiga olib ketilişi mumkin | Effect.uz